Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Temir yo‘l sohasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 sentyabrdagi 504-sonli “Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Transport vazirligi qoshidagi O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida malaka oshirishlari belgilangan.
Jumladan, “Teplovoz mashinisti”, “Elektrovoz mashinisti”, “O‘ziyurar texnika mashinisti”, “Temir yo‘l kran mashinisti” kabi kasblar bo‘yicha harakatlanuvchi tarkib(sostav)ni mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 4 oy davomida ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirishlari lozim bo‘ladi.
Mazkur institut va Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi o‘rtasida 2018-yildan buyon hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu davr mobaynida korxona ishchi-xodimlarining katta qismi o‘z malakalarini oshirishdi. Bu esa harakat havfsizligini ta'minlashda o‘zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatmoqda.
Xususan, 2023 yilda STTBning 385 nafar ishchi-xodimlari ushbu institutda malakasini oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi. 2024 yilda esa 375 nafar ishchi-xodimlarning malakasini oshirishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda 186 nafar ishchi-xodimlar onlayn tarzda o‘z kasblari bo‘yicha malakalarini oshirmoqda.
Kuni kecha STTB va O‘quv markazi mutaxassislari institutda bo‘lishdi. Ular institut bilan yaqindan tanishib, uning o‘quv bazasi, dasturlari, o‘qitish uslublari, o‘quv xonalari faoliyatini ko‘zdan kechirishib, o‘qituvchilar bilan suhbatlashishdi. Suhbat jarayonida “Elektrovoz mashinisti”, “O‘ziyurar texnika mashinisti”, “Temir yo‘l krani mashinisti” kabi kasblar bo‘yicha temir yo‘l texnikalarini mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun STTBda ishlab chiqilgan nizom va o‘quv dasturlarini institut mutaxassislari bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.
Axborot xizmati