"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, milliy malaka tizimini yana-da takomillashtirish, milliy malaka darajalarini ilgʻor xorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiya qilishni ta’minlash ushbu tizimni isloh qilishning asosiy yoʻnalishi etib belgilangan.
Kuni-kecha Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tashkil etilgan Malakani baholash markazining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti malakani baholash va akkreditatsiya guruhi rahbari Nazar Hayitov, UNESCOning sifatni ta’minlash boʻyicha esperti Lenn Stanton, UNESCO konsultanti Behzod Qodirxonov hamda “Ammofos-Maxsam” AJ Malakani baholash markazi boshligʻi Ma’mur Abdusattorovlar kombinatda yoʻlga qoʻyilgan ushbu tizimda talabgorlarning kasbiy malakalarini baholash boʻyicha yaratilgan imkoniyat va sharoitlarni oʻrganishdi.
Kombinat malakani baholash markazi mamlakatimizda tashkil etilgan shu kabi markazlar orasida birinchilardan boʻlib akkreditatsiya guvohnomasini olgan va namunali markaz sifatida tanlab olingan. Oʻquv markazi boshligʻi Doniyor Karimov talabgorlarni kasbiy malakasi va koʻnikmalarini baholash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Mehmonlar Muhandislik maktabidagi oʻquv amaliy poligonda boʻlishib, sanoat va ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik jihozlar va mexanizmlar bilan tanishishdi.
Malakani baholash markazi boshligʻi Shahboz Rahmonov ish oʻrganuvchilarni Malakani baholash markazining qonuniy, shaffof va samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma va boshqaruv tizimlari, sifatli xizmat koʻrsatishni ta’minlash, me’yoriy huquqiy hujjatlar, ishlab chiqilgan kasb sandartlari va baholash vositalari, talabgorlarning kasbiy malakasini baholashga jalb qilingan ekspertlar, baholash amaliyoti, baholash natijalarini qayd etish, texnologiyalardan innovatsion foydalanish boʻyicha hujjatlar bilan tanishtirib oʻtdi.
Bugungi kunda markaz tomonidan 67ta kasb standartlari va baholash vositalari, kasb-soha yoʻnalishlari boʻyicha umumiy 2150ta testlar ishlab chiqilgan va 255ta amaliy ishlar tayyorlangan.
UNESCOning sifatni ta’minlash boʻyicha eksperti Lenn Stanton Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yaratilgan moddiy texnik baza boʻyicha alohida toʻxtalib, ishlab chiqarishga kadrlar tayyorlash va ularning malakasini baholash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ya’ni texnologik uskuna, stimulyatorlar, amaliy ishlarni bajarish uchun tayyorlangan poligonlar va laboratoriyalarga yuqori baho berdi. UNESCO konsultanti Behzod Qodirxonov Malaka baholash markazining ish hujjatlari belgilangan talablarga mos yuritilishi, ekspertlar bilan ishlash, ma’lumotlar bazasini yigʻish va tahlili boʻyicha namunali ekanini ta’kidladi.
Shu kuni tomonlar kelgusidagi samarali hamorlik boʻyicha kelishib olishdi.
Axborot xizmati