• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozim!

21 Oktyabr 2024, 15:36 955

Kuni kecha MTTU “MISiS” Olmaliq filiali faollar zalida “Olmaliq KMK” AJ xodimlari uchun korrupsiyaning oldini olish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kompleans-nazorat xizmati boshlig‘i Shuhrat Sag‘dullayev so‘zga chiqib, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvining shakllari va uning oqibatlari haqida yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berdi. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha har bir xodim ogohlikka chaqirildi.

Shuningdek, qonunchilikka qat'iy rioya etilish hamda korrupsion holatlarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shart ekanligi uqtirib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech