Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Neft va neft mahsulotlari ta'minoti har qanday sanoat korxonasining ishlab chiqarish hamda xo‘jalik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy omborxona, 18 ta yonilg‘i quyish shaxobchalari, siqilgan tabiiy gaz ta'minoti va Xo‘jalik transport uchastkalarini o‘zida mujassam etgan “Olmaliq KMK” AJ Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi bugunga kelib o‘z faoliyatini yangi asoslarga bura olgan tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Neft mahsulotlari logistikasini amalga oshirish, yonilg‘i va moylovchi materiallar ta'minoti yo‘lida manfaatli shartnomalarni tuzish, mahsulotlarni qabul qilib olish, ma'lum bir muddatlarda saqlash, iste'molchilarga yetkazib berish borasida qator yillardan beri yo‘lga qo‘yib kelinayotgan tizim so‘nggi yillarda tobora takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Markaziy omborxona inshootlarida olib borilgan kapital ta'mir ishlari, xo‘jalik transport parkining yangilanib borishi, yonilg‘i quyish shoxobchalarining modernizasiya qilinishi bugungi kunda o‘z natijasini bermoqda.
OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini tushirish maqsadida yonilg‘i va moylash materiallarini yetkazib berishning samarali tizimlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu kunlarda Markaziy omborxonadagi sig‘imi 3000 m3 tashkil qiladigan sig‘imda joriy ta'mir ishlari olib borilmoqda. Kombinat korxonalari va kon texnikalarining soni ortib borishi hisobiga neft mahsulotlariga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Shunga qaramasdan, kombinat neft' ta'minotchilari korxonalar, konlar va xo‘jalik tashkilotlarining neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan talabi uzlukstiz va barqaror ta'minlanishiga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Mazkur yo‘nalishda iste'molchilarga qulayliklar yaratish va transport sarf-harajatlarini qisqartirish maqsadida “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investitson loyihasi doirasida yangi yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari yakunlandi.
Bundan tashqari, “Raqamli OKMK-2030” dasturi doirasida yonilg‘ilar hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi. Ayni kunga kelib dasturiy ta'minot foydalanishga shay holatga keltirilgan holda foydalanuvchilarga ko‘nikmalarni hosil qilish yo‘lida malaka o‘quvlari olib borilmoqda.
Ta'mirchi-chilangar S.Mamasoliev, omborchilar D.Fozilov va F.Jo‘rayevalar Markaziy ombor xo‘jaligining qat'iy asoslarda yuritilishini ta'minlab borishmoqda. Tursunboy Mamatov rahbarlik qilib kelayotgan Transport-xo‘jalik uchastkasi shaksiz, boshqarma ko‘rsatkichlarini belgilab beruvchi ish uchastkasi hisoblanadi. Kuniga 15 dan ziyod maxsus texnikalar yo‘nalishlarga qo‘yilishiga erishilmoqda. Motorist A.Ahmedov, ta'mirchi-chilangar F.Eshonqulov, A.Abdulqosimov, H.Bekmuratov va A.Jo‘rayev kabi haydovchilar neft mahsulotlarining belgilangan manzillarga o‘z vaqtida yetkazilishiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.
Kombinat neft ta'minotchilari tomonidan yilning o‘tgan yetti oyi davomida benzin, siqilgan tabiiy gaz va dizel' yonilg‘ilari yetkazib berilishi belgilangan limitlar miqdorida amalga oshirildi. Shu bilan birga jamoa joriy yilning o‘tgan davrida 146 400 kVt elektr energiyasi, 49 538 m3 sanoat suvlari, 467,00 Gkal issiqlik energiyasi iqtisodiga erishdi.
Yuqoridagi yutuqlar kombinat neft ta'minotchilarining o‘z kasb bayramlari va Istiqlol ayomiga munosib sovg‘a bo‘lib qoladi.
Hasan ABDULLAYEV