• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Maqsad uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash

21 Fevral 2023, 13:5 1165

Olmaliq shahriga va uning hududidagi sanoat zonalariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berayotgan “Olmaliq KMK” AJning Elektr tarmoqlari boshqarmasiga qarashli “Qora-qiya-soy” nimstansiyasi 1957-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Uning quvvati 220 kilovoltga teng. Nimstansiya shaharni va ishlab chiqarish tarmoqlarini deyarli 70 foiz kuchlanish bilan ta'minlaydi.

Bu yerga “Sirdaryo” issiqliq elektr stansiyasi va “Adolat” nimstansiyasidan 220 kilovolt kuchlanish keladi. 2 ta o‘zgaruvchan elektr tokining kuchlanishini pasaytiradigan qurilmadan esa 110 kilovolt chiqadi.

Mazkur elektr energiyasi 1- va 2- Mis boyitish fabrikalariga, Mis eritish va Rux zavodiga, “Ammafos Maksam” AJga, Issiqliq elektr stansiyasiga, 1-2- Do‘ngqoʻrg‘on hamda Qalmoqqir nimstansiyalariga havo liniyalari orqali yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, “Qora-qiya-soy” nimstansiyasida yana 2 ta transformator mavjud. Ular 110 kilovoltni 35 va 6 kilovoltga pasaytiradi. Transformatordan chiqayotgan 35 kilovoltli elektr energiyasi Olmaliq shahar elektr tarmoqlari bo‘limini ta'minlasa, 6-kilovoltlisidan 3-MBF qurilishi jarayonlarida foydalanilmoqda.

So‘nggi yillarda nimstansiyada elektr energiyasining quvvatlarini oshirish va  xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida bir qator yangi va zamonaviy qurilmalar keltirilgan.

Jumladan, 2022-yilning noyabr oyida transformatorlar uchun ajratkichlar o‘rnatildi. Natijada ikki tomonlama yerlanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa xavfsizlikni oshiradi.

- 2022-yilda yanvar oyida mamlakatimizda kuzatilgan blekaut ham ushbu nimstansiyaga katta ta'sir ko‘rsatdi. Blekautdan so‘ng, tiklanish uchun AKA "Kedr” mikprosessorlar asqotdi. Ushbu mikroprosessorlar qayerda kuchlanish tushganligi va nosozliklarni ko‘rsatib berdi. Ushbu qurilma yordamida qaysi liniyadan qisqa tutashuv bo‘lganligini aniqladik, - deydi Elektr tarmoqlari boshqarmasi Nimstansiyalar va tarmoqlar sexiga qarashli “Qora qiya-soy” nimstansiyasining ekspluatatsiya qilish bo‘yicha katta ustasi Farrux Rashidov. – 2023-yilda nimstansiyasiga qulaylik yaratish maqsadida havo liniyalarining himoya vositalariga “Altey” mikroprosessorli bloklar o‘rnatildi.  Boshqa havo liniyalaridan ham ushbu mikroprosessorli bloklar o‘rnatilmoqda.

Nimstansiyaning o‘zida elektr tokini iqtisod qilish yo‘nalishida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududda va ma'muriy bino ichida elektr tejamkor lampalar va harakatni aniqlash datchiklari o‘rnatildi.

Shuningdek, yaqin kelajakda “Qora-qiya-soy” nimstansiyasi, “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi doirasida qurilayotgan MDH davlatlarida yagona, kuchlanish sinfi 500/110 kilovolt bo‘lgan 1-raqamli iste'mol nimstansiyasiga ulanadi. Natijada energiya ta'minoti uzluksiz va sifatli bo‘ladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech