• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Markaziy Osiyoda mehnatkashlarning huquq va imkoniyatlarini kasaba uyushmalari ta'limi yordamida kengaytirish"

20 Noyabr 2023, 8:29 731

2023-yil 13-15 noyabr kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutida Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro Mehnat Tashkilotining Turindagi (Italiya) xalqaro o‘quv markazi bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyoda mehnatkashlarning huquq va imkoniyatlarini kasaba uyushmalari ta'limi yordamida kengaytirish" mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Turkiya, Mo‘g‘iliston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va O‘zbekiston kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan ishtirok etgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi apparatining tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Umida Djalilova mazkur seminarda olgan taasurotlari bilan bo‘lishdi:

Seminar-trening ishini Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo Byurosi (Jeneva) Mehnatkashlarning faoliyati bo‘yicha sektor mudiri Sergius Glovaskas ochib berdi va u 2023-yildagi ta'lim yo‘nalishida hududiy va global simpoziumlar yuzasidan asosiy tezislarga to‘xtalib o‘tdi. Treninglar Xalqaro mehnat tashkilotining Turindagi Xalqaro o‘quv markazi katta mutaxassisi Evelin Tot va Moldova kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining Mehnat instituti bosh direktori o‘rinbosari Dorin Suruchanu tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda har bir davlat delegasiyasi kasaba uyushmalarida olib borilayotgan ta'lim jarayonlari yuzasidan tajriba almashishib, shundan so‘ng seminar dasturi doirasida mehnat dunyosi va kasaba uyushmalari ta'limining ufqlari haqida umumiy ma'lumotlar, ta'limni boshqarish jarayoni, kasaba uyushmalari ta'limi sohasidagi ishlarning ahvoli, ya'ni ustuvor yo‘nalishlar va tendensiyalar, ta'limning tuzilishi, ekspertizasi va vositalari, ta'lim modellari va o‘qitishdagi innovasiyalar, kasaba uyushmalari ta'lim muassasalarining barqarorligini ta'minlash hamda tarmoq va hamkorlikni tashkil etish kabi mavzularda davra suhbatlari, interaktiv o‘yinlar, plenar munozara va videosessiyalar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilarida “Olmaliq KMK” AJdagi mustahkam ijtimoiy hamkorlik, mehnatkashlar uchun mavjud bo‘lgan ijtimoiy paket va olib borilayotgan ishlar iliq tassurotlar qoldirdi. Men bu seminar-treningda o‘zim uchun ko‘p bilimlar oldim. 2014-yilda Moldova kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining Mehnat institutida ikki haftalik o‘quv kurslarida olgan bilimlarimni mana to‘qqiz yildirki kombinat kasaba uyushma faollari va xodimlarini o‘qitish yo‘nalishida foydalanib kelmoqdaman. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan seminar-treningdan esa kasaba uyushmalarida, xususan kombinati xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotida ta'lim yordamida mehnatkashlarni huquq va imkoniyatlarni kengaytirish usullari borasida olgan bilim va hamkasblarim tajribalarini 2024-yilgi o‘quv rejasida ko‘zda tutaman. Kasaba uyushmalarida mehnat qilayotgan faollarimiz, ya'ni sex kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari, kasaba uyushma faoliyatining 8 ta yo‘nalishi bo‘yicha komissiyalar a'zolari, kasaba uyushma qo‘mitalari a'zolari, zahiradagi nomzodlar va yosh kasaba uyushma faollarini o‘qitish, ularni malakasini oshirish uchun kombinatimizda barcha imkoniyatlar, sharoitlar yetarlidir.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech