"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Prezidentimizning 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ko‘ra, Jamoaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Yo‘l xaritasida korxona tashkilotlarda Xodimlar o‘rtasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasini tashkil etish belgilangan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham ushbu vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 3-4 may kunlari kombinat tarkibiy boʻlinmalari xotin-qizlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi tashki etildi.
Musobaqada 20 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Shiddatli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada faxrli uchinchi o‘rinni Avtomobil transport va Texnologik transport boshqarmalari qo‘shma jamoasi egalladi.
3-Mis boyitish fabrikasi jamoasi esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Markazi ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi barcha raqibalaridan ustun kelgan holda birinchi o‘rinni egallab, OKMK “Rahbar kubogini”ni qo‘lga kiritishdi.
Olimpiya tizimida o‘tkazilgan musobaqada g‘oliblari pul mukofoti va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.
Bahriddin Usvaliyev,
TTB Yoshlar ittifoqi raisi