• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Marralar sari yana bir qadam

13 Iyul 2022, 8:42 1319

Uch ming nafardan ziyod ishchi-xodimlarni o‘zida jipslashtirgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi bugun OKMK erishayotgan har bir muvaffaqiyatda o‘zining munosib hissasiga egaki, bu korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. STTBdagi eng yetakchi sexlardan biri 1-Temiryo‘l sexi korxonaning lokomotivi hisoblanadi.

Asosiy vazifasi tog‘ jinslarini Qalmoqqir konidan Mis boyitish fabrikasi va zahira konlariga eltish hisoblangan mazkur sexga 1954 yilda asos solingan. Agar tarixga yuzlanadigan bo‘lsak, ilk qazilmalar dastlab sex jamoasi tomonidan “Shkoda” rusumli elektrovozlarda tashilgan ekan. Yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, Qalmoqqir koni rudalarini Mis boyitish fabrikasiga tashish 1959 yil 23 fevralidan yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha paytlarda dastlab 60 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 2VS-60 o‘zi ag‘darma dumpkarlardan foydalanilgan bo‘linsa, ko‘p o‘tmay ular safiga 105 tonna yuk quvvatiga ega o‘zi ag‘darma vagonlar keltirildi. Yillar davomida Qalmoqqir konining qazib olish quvvatlari oshib borishi bilan yangi samaradorligi yuqori bo‘lgan temir yo‘l texnikalariga talab ortib bordi. Ayni davrga kelib sex 42 ta PEU(M) tortish agregatlari hamda 505 ta dumpkarlarga ega.

Sex o‘z faoliyatini harakatdagi tarkiblarni ekspluatasiya qilish, poezdlar va elektrovozlar harakatlarini tashkil qilish hamda elektrovozlar va dumpkarlarni ta'mirlash deposiga bo‘lingan holda olib boradi. Yuklarni xavfsiz tashish uchun 6 ta temir yo‘l stansiyalari mavjud va ular orasi avtoblokirovka hamda yarim avtoblokirovka moslamalari bilan jihozlangan.

Sex faoliyatidagi yana bir muhim yangiliklardan biri sifatida yangi temir yo‘l faoliyatini aytishimiz mumkin. Xususan, “Porodnaya-Yoshlik” ikki shoxobli yo‘naltirgichni qurish ishlari 2020 yilda boshlangan edi. Bugungi kunga kelib barcha qurilish ishlari yakunlanish arafasida. “Yoshlik” stansiyasi yangi zamonaviy temiryo‘l qurilmalari bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.

Jamoa temiryo‘lchilari tomonidan joriy yil o‘tgan olti oy ichida reja ko‘rsatkichlari yuqori sur'atlarda bajarildi. Jumladan, ustki qatlamlarni olib chiqish - 6 518 630 m3 ga, rudalarni tashish - 17.257. 804 tonnaga, tog‘ jinslarini tashib chiqarish esa 12 905 300 m3 ga uddalanganligining o‘ziyoq sexning yangi marralaridan dalolat beradi. Zero, yangi marralar - yangi qadamlar demakdir. Bu zafarli odimlar ortida intizomli, o‘z ishini puxta biladigan jamoa a'zolarining fidoyiligi, jonbozligi munosib ravishda e'tirof etiladi. Elektrovoz mashinisti Rahim Isabekov va uning yordamchisi Oybek Omonov, elektrovoz mashinistlari Umid Bahromov, Dilmurod Mamatqulov, Elyor Abduvaliyev, shuningdek, mashinist yordamchilari Dilmurod Eshboyev, Bahrom Jamolov, Bobur To‘ychievlarning nomlari esa eng munosiblar qatorida tilga olinadi.

Dilafro‘z EGAMBERDIYEVA

Bo`lishmoq:
Text to speech