• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mas'ullar har doim ishchilarni tinglashga tayyor

04 Noyabr 2022, 11:5 1603

Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan Portlatish materiallari zavodida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi  o‘rganilgan edi.

Kuni kecha ushbu o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, mas'ul rahbarlar, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berilib, muhokama qilindi. Jumladan, ishchi-xodimlarga maxsus kiyim boshlarni o‘z vaqtida olishi yuzasidan tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozimligi, kechki smenada ishlayotgan ishchilarga xizmat ko‘rsatadigan tibbiy xodim ajratilishi kabi takliflar bildirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning aksariyati o‘rganish davomida barataraf etilgani qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda mazkur tarkibiy bo‘linma toifalangan obyektlar sirasiga kirishi, ishchi-xodimlar har doim ogoh bo‘lib, turli xil jinoyatlarga aralashib qolmasligi zarurligi bildirildi.

Mas'ullar tomonidan mazkur mehnat jamoasida ijtimoiy-ma'naviy muhit, yaratilgan sharoitlar boshqa korxonalarga namuna bo‘lishi ta'kidlandi.

Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz.  Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech