Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning boshida mamlakatimizda kuzatilgan anomal sovuq bo‘lishiga qaramay, 2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi barcha vazifalarni oshig‘i bilan bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Fabrika ishlab chiqarish texnik bo‘limi yetakchi muhandisi Begzod Nusurmatovning ma'lum qilishicha, 1-chorak yakunlariga ko‘ra, mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi 102,2%ga, konsentratda mis metalli rejasi esa 133,1%ga bajarilgan.
Yuqori mehnat samaradorligiga erishishda albatta mehnat jamoasining texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilish, har bir ishchining o‘z ishiga puxta yondashuvi va oqilona boshqaruv siyosati kabi omillarni misol qilsak bo‘ladi.
Fabrika mehnat jamoasi tomonidan sutkasiga 13 ming tonna ruda qayta ishlanadi. Fabrikada Maydalash, yanchish va flotasiyalash, chiqindilarni to‘plash kabi 3 ta asosiy hamda 4 ta yordamchi uchastkalar faoliyat yuritadi. Boyituvchilar, mexaniklar, energetiklar belgilangan rejani o‘z vaqtida amalga oshirilishini doimiy ta'minlab kelmoqda. Ishchi-xodimlarning mehnati bilan joriy yilning 1-choragi uchun ham rejada ko‘rsatilgan yarim tayyor xom-ashyo hozirlanib, belgilangan manzilga yetkazildi.
Ana shunday yuqori natijalarni qayd etilishida asosiy vazifalarni bajaruvchi Maydalash bo‘limining munosib o‘rni bor. 160 nafardan oshiq ishchilar mehnat qilayotgan ushbu sexda Sariq cho‘qqi konidan keltiriladigan ma'danlar va Mis eritish zavodi shlaklari bir necha bosqichdagi maydalash jarayonidan o‘tadi.
Bo‘lim boshlig‘i Sarvar Xamzayevning ta'kidlashicha, bo‘limda fraksiyasi 900 mmgacha bo‘lgan ma'danlar 2ta yirik maydalash tegirmonlarida 300 mm fraksiyagacha maydalanadi. So‘ng, o‘rta maydalash bosqichida 30-60 mm.gacha, 3 bosqichda esa 80 mm.dan 16 mm fraksiyagacha maydalanadi. Xom-ashyo 3,5 km lik konveyer lentalari orqali asosiy korpusga, ya'ni yanchish va flotatsiya bo‘limiga yetkaziladi.
Barcha jarayonlardan o‘tib, boyitilgan ma'danlar Mis boyitish fabrikasiga va boyitilgan shlaklar esa konsentrat holida Mis eritish zavodiga jo‘natiladi.
Yillik quvvati 4 mln 712 ming tonna xom-ashyoni qayta ishlashga mo‘ljallangan fabrikada har bir ishchining mehnati o‘ta muhimdir. Bu yerdagi jarayon ham jismoniy, ham aqliy mehnatni talab etadi.
O‘z xizmatlari bilan eng avvalo fabrika rejalarining bajarilishida, shuningdek, kombinat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining oshishiga ham ulush qo‘shayotgan mana bu boyituvchilarning mehnat mahsuli yakunida yurt iqtisodiyoti va sanoati rivojiga o‘ziga xos ulush bo‘lib qo‘shilaveradi.
Axborot xizmati