• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

MDHda yagona 1-raqamli iste’mol nimstansiyasini qurilish ishlari yakunlanish arafasida

07 Oktyabr 2022, 9:50 1755

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan megaloyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida, mazkur kon va 3-mis boyitish fabrikasiga tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish uchun tanlov o‘tkazilib, “O’zelektroapparat-Electroshield” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Ayni kunlarda MDH davlatlarida yagona, kuchlanish sinfi 500/110 kV bo‘lgan 1-raqamli iste’mol nimstansiyasini qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Qayd etib o‘tish  joizki nimstansiyaning loyihalash va tadqiqot ishlari Respublikamizning 2026-yilgacha elektra energiyaga bo‘lgan ehtiyojining o‘sib borishi, 500 kilovoltli tarmoqning, elektr rejimlarining maxsus hisob-kitoblari va Respublika energetika tizimiga ulanishi hamda rele himoyasi, avariyaga qarshi avtomatlashtirilgan tizimlarini inobatga olgan holda hisoblab chiqilgan.

Loyihada, qurilish materiallari va tovar-moddiy boyliklarni Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yani  mahalliy bozordan,  yuqori texnologik uskunalarni esa dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilishni ko‘zda tutadi.

Jumladan, 500 kilovoltli kirish havo liniyasi uchun tovar moddiy boyliklari asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan xarid qilingan bo‘lib, bugungi kunda qurilish maydonchasiga poydevorlar, simlar, izolyatorlar va mahkamlagichlar to‘liq hajmi keltirildi. Havo liniyasi uchun tayanchlar ishlab chiqarildi va qurilish maydonchasiga yetkazib berildi.

Uskunalar uchun shkaflar “Uzelektroapparat” AJ ning ishlab chiqarish obyektlarida tayyorlanmoqda.

Shuningdek, loyihaning asosiy uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Jumladan, Ispaniyaning "Faramax" kompaniyasidan quvvatli avtotransformatorlar xarid qilinib, poydevorlarga o‘rnatilgan.

Obyekt qurilishiga 100 nafardan ortiq muhandis-konstruktorlar, 200 nafardan ortiq quruvchi-ishchilar va 50ta maxsus texnikalar jalb qilingan.

Ayni paytda 500 kilovoltli havo liniyasini kirish-chiqishni qurish bo‘yicha ishlar boshlangan. Tayanchlar uchun poydevorlar to‘liq o‘rnatildi, Metallkonstruksiyalarning 70%zi yig‘ildi. Chiqindilarni saqlash maydonidagi 220 kilovolt liniyasi kesishmasi bo‘yicha ishlar yakunlandi.

Transformator uchastkasida jihozlar uchun beton poydevorlarni quyish ishlari to‘liq tugatildi. 7 dona miqdorda avtotransformatorlar urnatildi va xozirda montaj ishlari olib borilmokda.

ORU 500 uchastkasida portallar uchun poydevor quyish va portallarning o‘zini o‘rnatish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Uskunalar uchun tayyor temir-beton poydevorlarni va metall karkaslarni o‘rnatish ishlari ham tugallangan. Butun uchastkada kabel kanallarining montaj ishlari bajarilmoqda.

ORU 110 uchastkasida tayyor temir-beton asoslarni o‘rnatish ishlari va metall konstruksiyalar o‘rnatish ishlari yakunlangan. Moy kollektori uchun monolit poydevori quyildi, gidro tajriba ishlari ham amalga oshirilgan

Bundan tashqari, Reaktiv quvvat manbai uchastkasida qurilish ishlari boshlanib, monolit poydevorlari quyildi. Temir beton poydevorlari o‘rnatildi.

Umumiy podstansiya boshqaruv xonasi va yordamchi binoning poydevorini quyish ishlari yakunlangan, hozirda g‘isht terish ishlari boshlangan hamda kirish qismiga poydevor qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Nimstansiya ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi Fotoelektrik stansiya poydevorlarni o‘rnatish ishlari ham tugatildi.

Bugungi kunda loyihalash ishlari 100 %ga, uskunalarni yetkazish 96%ga, qurilish-montaj ishlari esa 94%ga bajarilgan.

MDH davlatlarida yagona, kuchlanish sinfi 500/110 kV bo‘lgan 1-raqamli iste'mol nimstansiyasini qurilish ishlari yakunlanish arafasida.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech