"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan kombinat tarkibiy boʻlinmalarining mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish nazorati muhandislari oʻrtasida kombinat miqyosida «Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi mutaxassis – 2025» koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Kombinat tarkibiy boʻlinmalarida ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida oʻtkazilgan tanlov 3 bosqichda tashkil etildi.
Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, amaldagi qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari boʻyicha test sinovlarini topshirishdi.
Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar oʻzlari faoliyat olib borayotgan tarkibiy boʻlinmaning strategiyasi va kontekstini aniqlash hamda manfaatdor tomonlar roʻyxatini “Tashkilotning konteksti, strategiyasi va manfaatdor tomonlarini boshqarish tartiboti”ga muvofiq shakllantirishdi.
Uchinchi bosqichda ishtirokchilarning oʻz bilimlarini amaliy qoʻllay olish darajasi aniqlanadi. Tanlov ishtirokchilari oʻzlari ishlayotgan tarkibiy boʻlinmaning istalgan ishlab chiqarish tsexida “Sun’iy intellekt va raqamlashtirish” jarayonlarini tatbiq etish orqali u yerdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni taqdimot qilishdi.
Tanlov natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Rux zavodi mehnatni muhofaza va xavfsizlik texnikasi (MM va XT) boʻyicha muhandis Sh.Karimov qoʻlga kiritib, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi mutaxassis” deya e’tirof etildi.
2-oʻrinni Mis eritish zavodi Ishlab chiqarish nazorati boʻyicha muhandis T.Shaxobov egalladi.
3-oʻrin Mexanika ta’mirlash zavodi MM va XT boʻyicha muhandis J.Yuldashevga nasib etdi.
Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
Iroda Almatova,
OKMK mehnat muhofazasi va
sanoat xavfsizligi boʻlimi muhandisi