Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yuqori quvvatli va sifatli dvigatel. Zamonaviy texnikalar uchun oʻta zarur boʻlgan mazkur uskunaga ishlab chiqarish jarayonlarida talab kuchli. Xususan, OKMKda ham.
Sanoatning eng muhim va asosiy bosqichlari gigant texnikalar bilan kechar ekan, uzluksizlikni ta’minlash vaqt va mablagʻni tejaydi. Ayni maqsaddagi xalqaro hamkorlik aloqalari Germaniyaning “Menzel Elektromotoren” kompaniyasi bilan yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning may oyida mamlakatimiz rahbari 2 kunlik tashrif bilan Germaniyada boʻlgan edi. Yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari bilan uchrashuvlarda manfaatli aloqalar yoʻlga qoʻyilishi kelishib olindi.
Ayni maqsadda kuni kecha Germaniyaning “Menzel Elektromotoren” kompaniyasi bosh direktori Matis Menzel OKMK da bo’ldi.
Mehmon OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va muhandis texniklar hamrohligida OKMKning Yoshlik, Qalmoqqir konlarida shuningdek Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Mis boyitish va 3-Mis boyitish fabrikalari hamda Mis eritish zavodiga ham tashrif buyurdi.
Germaniyalik mehmon konlardan tortib eng soʻnggi bosqichgacha zamonaviy texnikalar qoʻllanib kelinayotgan kombinatdagi uskunalar, mahalliy va xorijiy davlatlardan keltiriladigan koʻplab texnikalar bilan tanishtirildi.
Matis Menzel: Germaniyaning “Menzel Elektromotoren” kompaniyasi bosh direktori Mamlakatingizda sanoatga katta e’tibor qaratilgan. Asosan mis, molibden yana oltin, kumush, rux ishlab chiqaruvchi OKMKda birinchi marta boʻlishim. Zamonaviy texnikalar juda koʻp ekan. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi chogʻida iqtisodiyot, Savdo va innovatsion sohalar boʻyicha 10 dan ortiq hujjatlar imzolangandi. Shu maqsadda kompaniyamiz ham texnologik sheriklik jarayonlarini boshlab yubordi.
Olmaliqdagi korxonada Germaniyadan keltirilgan yuqori sifatli uskunalar koʻp ekan. Dunyo miqyosida juda talabgir boʻlgan maxsus elektrodvigatellarimiz bu yerdagi koʻplab jarayonlar uchun juda muhim.
1927 yildan buyon oʻz faoliyatini olib borayotgan Menzel kompaniyasi aynan sanoat uchun turli koʻrinish va oʻlchamdagi eng kichigidan tortib, loyiha asosida 20 megavatgacha boʻlgan quvvatda maxsus ishlangan dvigatellarni tayyorlaydi. Mahsulot esa uch fazali asinxron dvigatellar va qisqa tutashuvli yoki rotor fazali shuningdek, doimiy tokka ega boʻlgan elektrodvigatellar kabi xilma xillikka ega.
Kompaniya bosh direktori konlar va boʻlinmalar bilan tanishar ekan, mutaxassislardan jarayonlar haqida eng muhim ma’lumotlarga ega bo’ldi.
Tashrif soʻnggida OKMK va “Menzel Elektromotoren” kompaniyasi bilan Manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun keyingi masalalar muhokama qilindi.
Axborot xizmati