• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy jamoalarining yubiley bayramiga sovg‘asi

04 Noyabr 2024, 9:14 701

Joriy yilning 2 noyabr kuni poytaxtimizda «ART SILK WAY TASHKENT» - “Bor qalbing bilan raqsga tush” nomli xalqaro ko‘p janrli san'at tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu xalqaro tanlovda ko‘plab xalqaro va Respubilka tanlovlarining g‘olibi va laureati bo‘lgan “Edelveys” xalq raqs ansambli ham ishtirok etib salmoqli natijalarni qayd etishdi.

Xoreograf baletmeyster Yuliya Koldakova boshchiligidagi raqs jamoasining kichik guruhi tanlovda “Quvnoq barabanlar” raqsi bilan ishtirok etib, 1-darajali laureat sovrinini qo‘lga kiritishdi.

Raqs jamoasining o‘rta guruhi “Tundra nafasi” raqsi bilan tanlovda ishtirok etib, Gran Priga sazovor bo‘lishdi.

Raqs jamoasining katta guruhi esa "Plyasovuxa" rus raqsini tanlovga taqdim etib, tanlovning bosh sovrini – Super Gran Priga ega chiqishdi.

Shuningdek, tanlovda “Metallurg” MSning “Kaleydoskop” xalq raqs ansambli ham ishtirok etib, samarali natijalarni qayd etishdi.

Nasiba Mambetova boshchiligidagi raqs jamoasining kichik guruhi tanlovda "Krakovyak" polyak raqsi bilan Gran Prini qo‘lga kiritishdi.

O‘rta guruh a'zolari ham rus raqsini qoyilmaqom ijro etishib, Gran Priga ega chiqishdi.

Raqs jamoasininng katta guruhi esa gruzinlarning “Tog‘ ruhi” raqsini ijro etishib, ular ham Gran Priga sazvor bo‘lishdi.

Mazkur tanlovda madaniyat saroyining “Raduga” xalq sirk jamoasi ham ishtirok etishib, bir qator yutuqlarga loyiq ko‘rildi.

Anna Vishnyakova boshchiligidagi sirk jamoasining “Best fly” nomli chiqishlari tanlovning Gran Prisiga munosib deb topildi.

“Baka-bang” nomli chiqish esa tanlovning 1-darajali laureti sovrini bilan mukofotlandi.

Madaniyat saroyining ushbu g‘alabalari OKMKning 75 yilligiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘lgani shubhasiz.

Ulug‘bek Amanov,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashi madaniy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech