"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kecha “Metallurg” madaniyat saroyida Toshkent viloyati hokimligi, Olmaliq shahar hokimligi hamda “Olmaliq KMK” AJ hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Olmaliq shahar hokimligi mas’ullari, OKMK rahbariyati, Qurolli Kuchlar safida fidokorona xizmat qilib kelayotgan harbiylar, ularning oila a’zolari, faxriylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, Prezidentimiz — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni rahbarligida mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Xususan, qo‘shinlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, zamonaviy va tezkor armiyani shakllantirish borasida izchil ishlar olib borilayotganini e’tirof etdi.
Tadbirdavomida Vatan himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar e’tirof etilib, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tantanali tadbir doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan turli xil jangovar san’at elementlarini o‘zida mujassam etgan, Qurolli Kuchlar qudrati va askarlarimizning yuksak mahoratini namoyish etuvchi ko‘rgazmali chiqishlar taqdim etildi.
Tadbirning badiiy qismida xushovoz xonandalar, taniqli san’atkorlar, harbiy orkestr hamda “Metallurg” MSning havaskorlik jamoalari ijrosidagi ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.
Axborot xizmati