• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muhim qadamlar va taraqqiyot yo‘llari

25 Oktyabr 2024, 8:17 977

Joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari O‘zekspomarkazda “Tog‘-kon, metallurgiya va metallni qayta ishlash – MiningMetals Uzbekistan 2024” 18-xalqaro ko‘rgazmasi va 6-Xalqaro kon-metallurgiya forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zeskpomarazning 1- va 2-pavilonlari hamda Kongress-xol korxonalarni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va ekologik xavfsizligini oshirish masalalarida istiqbolli yechimlarni topish uchun qulay maydonga aylandi.

Bu yilgi forum “Mintaqaviy va xalqaro konchilik va sanoat kooperatsiyasi: muhim qadamlar va taraqqiyot yo‘llari”dir mavzusida o‘tkazildi.

MiningMetals Uzbekistan 2024 ko‘rgazmasida Avstiriya, AQSh, Birlashgan arab amirliklari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Afrika respublikasi, Kanada, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy, Shveysariya,Eron, Estoniya, Qozog‘iston, Hindiston, O‘zbekiston kabi 19 mamlakatdan 170 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishdi. Yildan-yilga mazkur ko‘rgazmada ishtirokchilarinng geografiyasi kengayib borayapti. Bu yil Estoniya va Janubiy Afrika debyut qilmoqa.

Germaniya milliy pavilonidan metallni qayta ishlash liniyalari, dastgohlar, konveyr uskunalari, nasoslar, datchiklar, radarlar, Eron jamoaviy stendida cho‘yan quvurlar, fitinglar, metallsozlik va tog‘-kon sanoati uskunalari, Rossiya pavilonidan metallsozlik uskunalari, burg‘ulash asboblari, konveyr uskunulari, payvandlash materiallari va boshqalar, Xitoy ko‘rgazmasida esa maydalash tegirmonlari, burg‘ulash uskunlari, og‘ir texnika kabilar o‘rin olgan. Shuningdek, boshqa mamlakatlar pavilonlari ham boy va sermazmunlik kasb etdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz Navoiy-kon metalurgiya kombinati, O‘zmetkombinat, O‘zelektroapparat, Chirchiq transformator zavodi va boshqa ko‘plab korxonalar o‘zlarining yuqori samarli mahsulotlari bilan qatnashishdi.

15 mamlakatdan 50 nafar ma'ruzachi, moderator va 250 dan ortiq delegatlar qatnashgan Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik 18-xalqaro ko‘rgazmasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati  nufuzli sho‘'balarning hamkori sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan texnologik sessiyalarida OKMK mutaxassislari ham o‘z ma'ruzalari bilan qatnashishdi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston VI Xalqaro tog‘-metallurgiya forumi tog‘-kon sanoati uchun har yili o‘tkaziladigan yirik biznes tadbir bo‘lib, u kon-metallurgiya sanoatining kelajakdagi manzarasini muhokama qilish va modellashtirish uchun mustahkam platforma hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech