Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
“Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta'siri” shiori ostida o‘tkazilgan o‘yinda kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan 35 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Kombinat ishchi-xodilarilarining mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘yin nizomiga ko‘ra, jamoalar OKMK tarixi, Olmaliq shahri tarixi, jahon va O‘zbekiston tarixi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid va mantiqiy savollarga javob izlashdi. O‘yinda jamoalar e'tiboriga 30 ta savol havola etilib, har bir savolga 1 daqiqa ichida javob berish talab etildi.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan o‘yin natijalariga ko‘ra, faxrlik uchinchi o‘rinni Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi jamoasi egalladi.
Avtomobil transport boshqarmasi jamoasi esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Barcha jamoalardan ko‘ra, a'lo natijalarni qayd etgan Mis eritish zavodi jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Tadbir yakunida so‘z olgan OKMK bosh muhandisining Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jo‘raev bu kabi intellektual o‘yinlar ishchi-xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini yanada oshirishini, tarkibiy bo‘limlarda doimiy ravishda mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlar muntazam o‘tkazib borilishi ta'kidlab, g‘oliblar jamoalarni tabrikladi.
Iroda Almatova,
OKMK MM va SX bo‘limi muhandisi