• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Mis ishlab chiqarishning zamonaviy pirometallurgiya texnologiyalari”

24 Noyabr 2022, 8:56 1362

Ma'lumki, Prezidentimizning 2021-yil 24-iyundagi ”Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va 2021-yil 22-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida bir qator vazifalar belgilangan edi.

Jumladan, tog‘-kon va mis sanoati klasterini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, mis xomashyosi asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar zanjirini yaratish modellari hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, soha mutaxassislarini malakasini oshirish kabi vazifalar belgilangan edi.

Ushbu vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida O‘quv markazi tomonidan MTTU MISiS Olmaliq filialida “Olmaliq KMK” AJ muhandis-texnik xodimlari uchun “Mis ishlab chiqarishning zamonaviy pirometallurgiya texnologiyalari” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

Joriy yilning 21-noyabr kuni boshlangan o‘quv kurslari bugun o‘z yakuniga yetadi. O‘quv kurslari Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy qilish texnologik markazi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Mis eritish va Rux zavodlarida metallurgiya yo‘nalishida mehnat qilayotgan muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan.

O‘quv kurslarida nazariy mashg‘ulotlari MTTU MISiS Olmaliq filiali texnika fanlari doktori, professor N.M.Yakubov tomonidan olib borilmoqda.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech