• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mis sanoati klasteri uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash vazifalari ijrosi amalda

06 Oktyabr 2022, 10:18 1417

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil “Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, bugun mamlakatimizda kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bu esa ushbu sohalarni rivojlantirishda mis mahsuloti va u bilan bog‘liq sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik klasterni (mis sanoati klasteri) tashkil etish vazifasini yuklaydi.

Mis sanoati klasteri uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar hamda oliy ma'lumotli muhandis-texnologlarni tayyorlash, ularga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish va maqsadli mutaxassislar tayyorlash to‘g‘risidagi buyurtmalarni shakllantirish, ta'lim dasturlarini takomillashtirish, o‘quvchi va talabalarning tog‘-kon sanoati sohasi korxonalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish OKMKning muhim vazifalaridan biriga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov tomonidan 2021-yilning 3-dekabrida tasdiqlangan “Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi qarori hamda bu borada qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida OKMK O‘quv markazi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali bilan hamkorlikda kombinat korxonalarida mexanika yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil qilindi.

Kuni kecha TDTU Olmaliq filialining professor-o‘qituvchilari kombinat muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan nazariy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Unda OKMK Mis eritish zavodi, Mis boyitish fabrikasi va 2-Mis boyitish fabrikasida shu yo‘nalishda mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Filial professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan nazariy mashg‘ulotlar: metallshunoslik, rejaviy-ogohlantiruv ta'mirlash tizimi, ishlov berish va o‘rnatish, payvandlash va moylash texnikasi, ishdan chiqqan detallarni qayta tiklash usullari, chizmalarni o‘qish kabi mavzularni qamrab oldi.

Ushbu ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilishi natijasida kombinatda mis sanoati klasteri uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ular malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish tizimining huquqiy asoslari yaratiladi hamda mazkur sohada mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech