"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33AQShning Arizona shtati, Finiks shahrida 2025-yilning 16-20-noyabr kunlari Extraction 2025 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 30-yildan buyon an’anaga aylangan ushbu konferensiya mis sohasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik ilmiy-texnik yig‘ilishlardan biridir.
Xalqaro metallurgiya va konchilik hamjamiyatini birlashtirgan Extraction 2025da sanoat amaliyotchilari, tadqiqotchilar va akademiklar ishtirok etdi.
Konferensiyada konchilik, minerallarni qayta ishlash, pirometallurgiya, gidrometallurgiya, elektrometallurgiya va shu kabi boshqa yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ushbu konferensiya ilk bora ko‘p metalli dialog shaklida tashkil etilgan bo‘lib, mis bilan birga nikel, kobalt va boshqa kritik metallarni ham qamrab oldi. Shuningdek, texnik yangiliklar, jonli tajribalar, qayta ishlash jarayonlari, ekologik, iqtisodiy, bozor omillari hamda sanoatdagi ilg‘or tendensiyalar va barqarorlik masalalari muhokama qilindi.
Quvonarlisi, jahon sahnidagi bu nufuzli konferensiyada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida faoliyat yuritgan, bugungi kunda Yaponiyaning Akita universitetida fan doktorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan yosh olimlar aka-uka – Bobur va Behzod G‘ayratovlar ham ishtirok etib, O‘zbekiston, xususan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati konlaridagi ma’danlarni samarali va atrof-muhitga zararsiz usul bilan qayta ishlash haqidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Bu ilmiy ma’ruzalar konferensiya ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.
Extraction 2025 konferensiyasining ilmiy maqolalari va texnik ma’ruzalaridan iborat jamlanmasi e’lon qilindi. Bu kitob shaklida Springer nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Jamlanmada elektroliz jarayonlari, qayta ishlash, sanoat kimyosining oqibatlari, qayta tiklanish va chiqindilarni boshqarish, bozor-iqtisodiy tahlillar va boshqalar bo‘yicha keng ko‘lamli maqolalar jamlandi.
Faxrlanarlisi, ushbu nashrda olmaliqlik yosh olimlar – Bobur va Behzod G‘ayratovlarning ham maqolalari o‘rin olgan.
Axborot xizmati