"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 14-15 aprel kunlari Belorussiyaning Jodino shahrida “BELAZ Challenge-2025” V xalqaro chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya va Belorussiyaning 10 ta nufuzli texnika oliy o‘quv yurtlari qatorida Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiali jamoasi ham ishtirok etdi.
Jumladan, filialning 4-bosqich talabalari Muhriddin Jumaqulov, Kirill Ivanov va Doniyor Elyorov o‘zlarining yuqori bilimlarini, kreativ va nostandart fikrlash qobiliyatini namoyish etishdi.
Ular chempionatning “Eng kreativ videotashrif”, “Ichki yonuv dvigatellarining issiqlik muammolarini nostandart hal etish yechimlari”, “Obyektivdagi BelAZ” fototanlovlarida talabalar ligasining yuqori 51 ballini jamg‘arib, sharafli 3-o‘rinni egallashdi.
Ushbu natijalar bilan O‘zbekiston vakillari MISIS (Moskva), Sibir federal universiteti, Murmansk Arktika universiteti, Ural davlat konchilik universiteti (Rossiya), Gomel davlat texnika universiteti va Belorus milliy texnika universiteti (Belorussiya) talabalaridan iborat jamoalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Filial talabalari tanlovning faxrli nishoni va yorliqlar hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishdi.
Axborot xizmati