Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasidagi ijodiy safarimizni moddiy-texnika ta'minoti bazasida davom ettiramiz.
O‘zbekistonda rux metalli mavjud bo‘lgan yagona kon Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan. U OKMKga qarashli Xondiza yer osti shaxtasidir. Bu yerdan yiliga 650 ming tonna polimetall ruda qazib olinadi. Qazib olinayotgan ma'dan tarkibida nafaqat rux, balki mis, qo‘rg‘oshin, kadmiy kabi metallar bor.
Yer qa’ridan qazib olingan rudalar avtosomasvallar orqali boyitish fabrikasiga jo‘natiladi va bir nechta bosqichdan o‘tkaziladi.
Fabrikda ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar Xondiza kon boshqarmasining moddiy-texnika ta’minoti bazasiga kelib tushadi. Omborlarda saqlanayotgan konsentratlarga e'tibor bergan bo‘lsangiz mis, rux va qo‘rg‘oshinga ajratilgan. Boisi, mis va rux konsentratidan tayyor metall olish uchun ular Mis eritish va Rux zavodiga, qo‘rg‘oshin esa Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinadi. Yana bir muhim jihat ushbu yarim tayyor mahsulotlar ochiq vagonlarda tashilsa, Qozog‘iston Respublikasiga jo‘natilayotgan qo‘rg‘oshin konsentrati 1 tonnalik maxsus qoplarga yuklanadi.
Xondiza kon boshqarmasiga keluvchi va chiqib ketadigan har qanday yuk ushbu baza orqali manziligi yuboriladi.
Bazada 2022-yilda 24 ming tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksporti amalga oshirildi. 2023-yilda esa 17 ming tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilinishi belgilangan.
Baza 5 gektar hududda joylashgan, bo‘lib, uning asosiy vazifasi yuklarni qabul qilish va o‘z manziliga yetkazish hisoblanadi. Shuningdek, uning tarkibiga 6,3 kmli temir yo‘l izlari ham kiradi.
Bundan tashqari, hududdagi 3 turli hajmdagi sig‘imlarda sulfat ammoniy va sulfat kislotasi hamda avtotransportlar uchun yoqilg‘i saqlanadi.
Mazkur obyektda faoliyat yuritayotgan 51 nafar ishchi-xodimlar tun-u kun tegirmon sharlari, boyitish jarayonlari uchun reagentlar, rux va mis kuporosi, ohak kabi yana bir qator texnologik jarayonda qo‘llaniladigan mahsulotlarni qabul qilib olashadi va konsentratlarni o‘z manzillariga yuborishadi.
Baza mudiri Shuhrat Sharipovning ta'kidlashicha, bugungi kunda bazada bir qator loyihalar ustida ish olib borilayapti. Jumladan, temiryo‘lga 150 tonnalik zamonaviy elektron tarozilari o‘rnatilmoqda. Bu esa hisob-kitoblarning aniq yuritilishini ta'minlaydi va ortiqcha qog‘ozbozliklarga chek qo‘yadi. Avvallari har bir yuk alohida avtotarozilardan o‘tkazilgan bo‘lsa, yaqin kunlarda ularning o‘rnini zamonaviy uskuna egallaydi.
Shuningdek, temiryo‘lda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, 2ta qarama-qarshi o‘tkazgich almashtirildi. Bu vagonlarning xavfsizligini oshirib, manzillariga betalofat yetishini ta'minlaydi.
Ishlab chiqarish zanjirida har bir korxonaning o‘z vazifasi bor. Chunki ular uzluksiz ishlasa zanjir butun bo‘ladi. Bugun hikoya qilgan kichik uchastkaning ham Xondiza kon boshqarmasining uzluksiz ishlashida o‘z o‘rni bor.
Navbatdagi manzilimiz Xondiza-Parvoz oromgohi.
OKMK Axborot xizmati