• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-MBFda loyihalash va qurilish ishlari avjida

08 Iyun 2022, 12:5 3774

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi “Yoshlik- I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari asosida 3-Mis boyitish fabrikasi bunyod etilmoqda.

Mazkur qurilish ishlari haqida Loyiha ofisi PR xizmati ma’lumot beradi.

Bugun mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami katta. Loyihalashtirish jarayonida hamkor tashkilotlar mutaxassislari belgilangan vazifalar ustida ishlar olib borilmoqda.

3-MBFni loyihalash va qurilish jarayonlarida Worley Parsons vakillari texnik nazoratni amalga oshirsa, Technip PMC Services Ltd xodimlari esa loyihalashtirish ishlarini tasdiqlab, jarayonga jalb qilingan ma’lumotlarni muvofiqlashtirish bilan shugʻullanishadi. Loyihalash ishlari esa Italiyaning “Wood” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Oʻrta maydalash korpusi qurish obektida armirlash va beton quyish ishlari davom etmoqda.

Uskunalar uchun poydevor tayyorlash boʻyicha ishlarning asosiy qismi yakunlanib, 1- va 2-pogʻonalar qurib bitkazildi.

Ruda tayyorlash korpusi loyihasining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishini ta’minlash uchun ishlar uzluksiz davom etmoqda.

Bosh pudratchi Enter Engineering tomonidan oʻz ishlab chiarish korxonasini oʻrnatish detallari va metallkonstruksiyalar ishlab chiqarish uchun jihozladi.

Jor yilning iyun oyida ikkilamchi maydalash binosi uchun uskunaning asosiy bloki – KSD-3000/1500 maydalagichi yetkazib berilishi kutilmoqda.

Yakuniy qabul nazorati ishlab chiqaruvchi hududida loyiha idorasi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu yerda ham sinovlar oʻtkazilayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech