• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Mo‘g‘il mutaxassislari OKMKda malaka oshirishmoqda

11 Aprel 2025, 8:21 929

Dunyoning ilg‘or kompaniyalarining kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ta'lim metodologiyalari asosida faoliyat yuritib kelayotgan OKMK O‘quv markazining Muhandislik maktabida nafaqat kombinat ishchi-xodimlari malaka oshirishmoqda balki xorijlik mutaxassislar ham o‘qitilmoqda.

Ayni kunlarda O‘quv markazi tashabbusi bilan Muhandislik maktabida Mo‘g‘iliston Respublikasi “Erdenet” davlat korxonasining mutaxassislari uchun 10 kunlik malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

“Erdenet” davlat korxonasining 36 nafar mutaxassislari 3 bosqichda (har bosqichda 12 nafardan)  kombinatda malakasini oshiradi.

Malaka oshirish kurslari Muhandislar maktabi va 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish obyektida tashkil etiladi.

Ma'lumot uchun: “Erdenet” davlat korxonasi hozirgi vaqtda yiliga 31 million tonnadan ortiq rudani qayta ishlaydi, 530,0 ming tonnaga yaqin mis va 4,5 ming tonnaga yaqin molibden konsentrati ishlab chiqaradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu