Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Dastlab, 1968-yilda xususiy korxona sifatida ish boshlagan mazkur mehnat jamoasi 1998-yili avgust oyida kombinatga tarkibiga o‘tkaziladi. 2000-yilda Elektr tarmoqlari boshqarmasi tashkil etilib, ushbu korxona ham boshqarma tarkibiga qo‘shiladi. Energota'mir sexi haqida so‘z borar ekan, ushbu mehnat jamoasi kombinat texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda sexda o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrodvigatellarni ta'mirlash, o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrdvigatellarni ta'mirlash, yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektrodvigatellarni ta'mirlash, tortuvchi elektrdvigatellarni ta'mirlash, kuchlanishli transformatorlarni ta'mirlash, tokarlik-mexnik kabi uchastkalari hamda nazorat o‘lchov stansiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
Sexning vazifasi har bitta korxonada ishlatiladigan kichik transformatorlardan tortib kuchlanishi 0,1 kVtdan 7800 kVtgacha bo‘lgan elektrdvigatellarni ta'mirlashdan iborat. Bundan tashqari, sovutgichlar va konditsionerlar ham ushbu sexda sozlanadi. Shuningdek, BelAZ avtogigantlarining dvigatellari ham ushbu sexda ta'mirlanadi.
Har bir vazifaga mas'uliyat bilan yondashib kelayotgan sex mehnat jamoasi tomonidan 2021-yilda samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 4418 dona kuchlanishi 100 kVgacha bo‘lgan elektrdvigatellar, kuchlanishi 100 kVdan yuqori bo‘lgan 483 dona elektrodvigatellar soz holatga keltirildi. 651 ta o‘zgarmas tokdagi elektrodvigatellar, 232 dona muzlatgich va konditsonerlar, 94 dona kuchlanishli transformatorlar ta'mirlangan.
Shuningdek, 1171 dona elektr uskunalarining katushkalari, 48 dona suv, chuqurlik va tortuvchi nasoslari yaroqli holga keltirilgan.
Har qanday buzilgan elektrdvigatelni sifatli hamda o‘z vaqtida sozlashda tajribali ishchi-xodimlar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rovchilar Gulchiroy Abdulazizova, Zamira Boyjumanova, Dilorom Gayzibekova, Aliya Nasirova, Faxriniso Topilova, Muyassar Toshxo‘jayeva, Saidmurod Mamatov, tokarlar Alijon Tursunov, Yorqin Tursunov, chilangar ta'mirchilar Otanazar Abduxalilov, Abdunazar Bilolovlar ana shunday ishchi-xodimlar sirasiga kiradi.
Sexda elektr mashinlarining elementlar o‘rovchisi, elektr mashinalari ta'miri bo‘yicha elektrchilangar, elektrotexnika ishlab chiqarishda izolyatsiyalovchi, taqsimlash uskunalari ta'miri bo‘yicha elektrchilangar, elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha elektromontyor, elektr mashinalarini, uskunalar va apparatlar sinovchilari, elektrgazpayvandchi, simlarga ishlov beruvchi, tokar, ko‘prikli kran mashinisti kabi kasb egalari mehnat qilishadi.
Yana bir muhim jihat kombinat tomonidan olingan har qanday elektrdvigatel nazorat-o‘lchov stansiyasida tekshiriladi. Tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, foydalanishga yaroqliligi aniqlanadi.
Axborot xizmati