"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kiberjinoyatlar - bu axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari, tarmoqlar yoki internetdan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlardir.
Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi asosiy kiber firibgarliklar xorijdan turib sodir etilayotganligi ham huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu jinoyatlarni fosh etishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Mazkur turdagi jinoyatlarning ortishiga asosiy sabablardan biri aholida moliyaviy savodxonlik yetishmayotganligi ham hisoblanadi. Kiberjinoyatlarni oldini olishning eng samarali yo‘li profilaktik tadbirlardir.
Kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida kiberjinoyatlarni oldini olish hamda ularda moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan profilaktik tadbirlar barchani yana bir bor ogohlikka chorlamoqda.
Joriy yilning 27-avgust kuni Rux zavodida oʻtkazilgan nabatdagi profilaktik tadbirda Toshkent viloyati IIBB "Olmaliq KMK" AJ dagi IIB TQX birinchi bo'linma boshlig'i, podpolkovnik D.Abduraxmonov, mayor S.Raxmatov ishtirok etishdi.
- Kiberjinoyatlar asosan zararli havolalar va dasturlar yuborish orqali bank kartasi yoki mobil qurilma boshqaruvini qo‘lga kiritish yo‘li bilan, turli aldovlar bilan bank kartasi hamda mobil ilovalardagi akkauntlar boshqaruvini tasdiqlovchi SMS kodni qo‘lga kiritish orqali, shaxs nomiga onlayn kredit rasmiylashtirish tarzida amalga oshirilmoqda, deydi - D.Abduraxmonov – Shuningdek, kiberjinoyatchilar jinoyatlarni onlayn savdo platformalari yordamida, turli usuldagi firibgarlik sxemalari orqali fuqarolarning pul mablag‘larini jalb qilish tarzida sodir etishmoqda.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda yoshlar orasida tobora ommalashib borayotgan turli xil virtual qimor o‘yinlari ham ularning boshi berk ko‘chalarga kiritib qo‘ymoqda. Birdaniga boyib ketish xayolida bir zumda katta pulidan ayrilgan yoshlar, onlayn kreditlar olib, yana qimor o‘ynayapti. Bor-budidan ayrilgach, jinoyat ko‘chasiga kirayapti. Sizlarga hayotiy misol keltiradigan bo‘lsam, o‘tgan yili Yangiyo‘l tumanida sodir etilgan mudhish jinoyatning sabablari tahlil etilganda, virtual qimordan yutqazgan yigit, bir xonadonga o‘g‘rilikka tushadi. Uning hatti-harakatlarini bilib qolgan oila a'zolarining joniga qasd qilib, butun bir oilaning umriga zomin bo‘ladi.
Tadbir davomida mas'ullar mazkur turdagi jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha fuqarolarning zamonaviy kibertahdidlardan ogohligini va raqamli savodxonligini oshirish har qachongidan muhim ekanligini ta'kidlashdi.
Tadbirlar davomida ishchi-xodimlarga ogohlikka chorlovchi tarqatma materiallar taqdim etildi.
Aznaur Abdurashidov,
Rux zavodi yoshlar ittifoqi raisi