"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Zamonaviy ta'lim tizimiga asoslangan holda faoliyat yuritib kelayotgan OKMK Muhandislik maktabida turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlari davom etmoqda.
Xususan, ayni kunlarda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida xavfsizlikni ta'minlash, tartibni saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga bevosita ma'sul bo‘lgan xizmat xodimlalari mazkur o‘quv dasturlari orqali qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Bu esa ularga xizmat faoliyatini yanada sifatli olib borishlarida asqotishi shubhasiz. Xizmat xodimlari uchun metallurgiya, mexanika, konchilik ishi, ingliz tili, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, energetika hamda axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar tomonidan darslar o‘tilmoqda. O‘quv kurslarida jami bo‘lib 600 nafar xizmat xodimlari qamrab olinib, ularga 40 soatlik mashg‘ulotlar o‘tilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 13-yanvar – 7-fevral kunlari Muhandislik maktabida metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha 160 soatlik o‘quv kursi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan 10 nafar muhandis texnik xodimlar olgan bilimlari asosida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishdi.
O‘quv kursi davomida tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun Mis eritish zavodi, Rux zavodi va Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi kabi tarkibiy bo‘linmalarga sanoat ekskursiyalari tashkil etildi.
Shuningdek, joriy yilning 6-fevral kuni Muhandislik maktabi "Konchilik ishi" yo‘nalishi tinglovchilari uchun Kovuldi koniga sanoat ekskursiyasi uyushtirildi.
Bundan tashqari, “Mexanika” yo‘nalishi tinglovchilari uchun 2-Mis boyitish fabrikasiga ham sanoat ekskursiyasi tashkillashtirildi.
Mahliyo Rahmanova,
Muhandislik maktabi marketing bo‘limi mutaxassisi