"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-huquqiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ma’naviy va psixologik ko‘mak berish maqsadida malakali mutaxassislar ishtirokida tizimli davra suhbatlari hamda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlarda Toshkent viloyati Din ishlari bo‘yicha boshqarmasi xodimalari, jumladan, Nargiza Adilxanova boshchiligidagi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Uchrashuvlarda xotin-qizlarning jamiyatda va mehnat jamoasidagi rolini oshirish, gender tenglik, kasbiy va shaxsiy rivojlanish hamda zamonaviy ayol qiyofasida ma’naviy-ma'rifiy fazilatlarni shakllantirish masalalari atroflicha tahlil qilinmoqda.
Bu kabi maqsadli tadbirlar Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Moddiy-texnik ta’minoti boshqarmasi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Kapital qurilish boshqarmasi, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, O‘quv markazi va Muhandislik maktabi kabi tarkibiy bo‘linmalarning xotin-qizlari o‘rtasida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvlarda xotin-qizlarni qiziqtirgan eng dolzarb muammolar o‘rganilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Ayniqsa, ish joylarida sog‘lom psixologik muhitni yana-da yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasida ayolning mas’uliyati hamda mehnat bilan oilaviy hayot muvozanatini saqlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Bu kabi samimiy muloqotlar ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, shuningdek, ishlab chiqarish jamoalarida o‘zaro hurmat, hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati