Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ korxonalarining mehnat jamoalari oʻrtasida 7-oktyabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni” ga bagʻishlab “Munosib mehnat - munosib hayot asosidir!” mavzusida uchrashuv, seminar, davra suhbatlari o’tkazildi.
Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi tashabbusi bilan har yili 7-oktyabr – “butunjahon munosib mehnat kuni”ga bagʻishlab butun dunyo boʻylab turli tadbirlar tashkil qilinadi, shu jumladan Oʻzbekistonda ham.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mazkur kunga bagʻishlagan tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan kombinat korxonalari mehnat jamoalari oʻrtasida 7-11-oktyabr kunlari “Munosib mehnat-munosib hayot asosidir!” mavzusida uchrashuv, seminar, davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Kasaba uyushmasi bosh mehnat huquqi inspektori M.Mavlyanov o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Bugungi kunda, Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti oʻrtasida hamkorlik yuksak darajada rivojlanib bormoqda va bugunga kelib, Oʻzbeksiton Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining 24 Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Bu bilan, milliy mehnat qonunchiligimiz xalqaro mehnat standartlariga javob berish darjasiga yetdi.
Oʻz navbatida, joriy yilning 2-oktyabr kuni Oʻzbeksiton Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti toʻgʻrisida”gi 155-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1981-yil 22-iyun) ratifikatsiya qilindi.
Bugungi kunga qadar mazkur Konvensiya 75 ta davlat, shu jumladan, MDHga aʼzo davlatlar orasida Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston Qozogʻiston va Ozarbayjon tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyada mehnat faoliyati jarayonida va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash, shu jumladan, ish joyida yoki ish vaqtida ishchi va xodimlarning sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan.
Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi kelgusida sohadagi milliy qonunchilikni hamda Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga oid meʼyorlarni takomillashtirishga, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar, ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Kasaba uyushmasi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha inspektori F.Boxirov “Munosib mehnat-munosib hayot asosidir!” mavzusida maruzasini yigilish katnashchilari e’tiboriga taqdim etdi.
Maʼlumki, 1999-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Munosib mehnat dasturi erkin, adolatli va xavfsiz mehnat, mehnat kishisini qadrlash tamoyillariga asoslanadi. Shuningdek, munosib mehnat tushunchasi orqali mehnat sohasidagi xalqaro meʼyor va tamoyillar, xodimlar ijtimoiy himoyasi koʻlamini kengaytirish, davlat organlari, ish beruvchilar tashkilotlari va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi ijtimoiy muloqot koʻzda tutilgan.
Toʻliq va samarali bandlik, xodimlar uchun sogʻlom sharoitlar yaratilishi, ular mehnatiga munosib haq toʻlash munosib mehnat asosi hisoblanadi. Hozirgi kunda ish joylarida ekologik meʼyorlarga rioya etishning ahamiyati, shu jumladan, yashil ish oʻrinlari yaratish, bunday shart-sharoitlarni taʼminlashda ish beruvchilarning ijtimoiy masʼulligini oshirish yoʻnalishlaridagi ishlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumki, munosib mehnat nafaqat ijtimoiy adolat tamoyillarini balki iqtisodiyotning barqaror oʻsishi va rivojlanishini, jamiyatda manfaatlar uygʻunligini taʼminlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Oʻzbekistonda munosib mehnat konsepsiyasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar natijasida har bir fuqaroning mehnat qilish, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, erkin kasb tanlash huquqlari toʻla taʼminlanmoqda. Mamlakatimizda munosib mehnat konsepsiyasini amalga oshirish doirasida ijtimoiy-mehnat sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlari olib borilishi bilan birga yangi ish oʻrinlarini yaratish respublika dasturlari hamda aholini ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy dasturlariga binoan har yili koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, uning manzilliligini taʼminlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu oʻrinda Respublikamizda mehnat sohasida taʼsirchan davlat va jamoatchilik nazorati yoʻlga qoʻyilganligi, munosib mehnat tamoyillariga amal qilish uchun davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari oʻrtasida samarali ijtimoiy muloqot oʻrnatilganligini alohida taʼkidlash zarur.
Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti oʻrtasida 2014-2016-yillar uchun Munosib mehnat dasturi qabul qilinganligi alohida eʼtiborga molikdir. Alohida taʼkidlash zarurki, Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, jamoa muzokaralarini yuritish borasidagi oʻz vazifalarini bajarish uchun keng huquq va imkoniyatlar berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq yurtimizdagi yirik sanoat korxonalari bilan bir qatorda “Olmaliq KMK” AJ korxona va tarkibiy boʻlinmalarida ish joylarini attestasiyadan oʻtkazish va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash maqsadida mehnat sharoitlari oʻrganilib, noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Kasaba uyushmasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi meʼyoriy xujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kombinat korxona va tarkibiy boʻlinmalarida, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar saylangan boʻlib, vakillarning malakasini oshirish boʻyicha oʻqitishlar Namunaviy oʻquv dasturi asosida tashkil etilgan. Vakillar faoliyatining samarali tashkil etilishi, xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratilishida, amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari, qoida va meʼyorlari, davlat standartlari va boshqa meʼyoriy xujjatlarga amal qilgan holda uch pogʻonali nazoratni amalga oshirishda yordam bermoqda. Bundan tashqari mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan korxonalarda maqsadli, tezkor va audit tekshiruvlar oʻtkazilib, meʼyoriy talablarni buzgan javobgar shaxs yoki aybdor xodimlar tegishli tartibda intizomiy javobgarlikka tortilib kelinmoqda.
Bugungi kunda ish joylarida sodir boʻlayotgan oqibati yengil, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarga chalinishining oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga eʼtiborni kuchaytirish kasaba uyushmasining, mehnat muhofazasi xizmati va muhandis-texnik xodimlarning birinchi galdagi vazifalaridan biridir.
Umida Jalilova,
Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
tashkiliy masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: