• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muqobil yonilg‘i turlari – ham arzon, ham ekologik toza

18 Sentyabr 2024, 10:27 437

Avtomobil transport boshqarmasida ishlab chiqarish tannarxini tushirish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Boshqarma mutaxassislarining tashabbusi bilan yuk ko‘tarish quvvati 20 tonna bo‘lgan “Kamaz” rusumli o‘zi ag‘dargich texnologik transport vositalari dizel yonilg‘isidan muqobil yonilg‘i turi bo‘lgan metan gaziga o‘tkazildi.

ATB reja-iqtsodiyot bo‘limi boshlig‘i Sherali Ergashevning ma'lum qilishicha, ayni kunlarda 4 dona “Kamaz” rusumli o‘zi ag‘dargich texnologik transport vositalariga metan uskunalari o‘rnatilgan. Yonilg‘ining ushbu muqobil turi ham arzonligi va ekologik normalarga to‘liq javob berishi bilan ajralib turadi.

Masalan 1 dona “Kamaz” rusumli o‘zi ag‘dargich texnologik transport vositasini iqtisodiy samaradorligini hisoblaydigan bo‘lsak 3000 km masofaga 1500 litr dizel yonilg‘isini sarflaydi. 1 litr dizel yonilg‘isini o‘rtacha narxini 11 500 so‘m deb oladigan bo‘lsak, 3000 km masofaga 17 250 000 so‘mlik yonilg‘i sarflanadi.

Ushbu masofaga esa 1800 m kub siqilgan metan gazi sarflanadi. 1 metr kub siqilgan metan gazining o‘rtacha narxi 2300 so‘mni tashkil etib, 3000 km masofaga metanda 6 900 000 so‘m mablag‘ sarflanadi. 1dona transport vositasi metanda 3000 km masofani bosib o‘tib, o‘rtacha 10 350 000 so‘m mablag‘ni tejaydi. Ushbu raqamni yillarga ko‘paytirsak qanchalik mablag‘ iqtisodiga erishish mumkinligi ahamiyatli albatta.

Kelgusida ATB texnoparkidagi barcha texnologik transport vositalari metanga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kombinat muhandislari tomonidan hatto konlardagi texnologik transport vositalari, “BelAZ” avtogigantlari ham arzon yonilg‘i turlariga o‘tkazilishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech