"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Mana shunday targ‘ibot tadbirlari kuni kecha Texnologik transport boshqarmasi hamda Chodak kon boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirlarida Murojaatnoma mamlakatimizning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi muhim dasturilamal hujjat ekanligi alohida ta’kidlandi. Unda belgilangan ustuvor vazifalar mamlakatda “Inson qadri uchun” tamoyilini qaror toptirishga xizmat qilishi tushuntirildi.
Murojaatnomada sanoat sohasiga, xususan, metallurgiya va tog‘-kon sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarishga innovasion texnologiyalarni joriy etish borasidagi vazifalar ham belgilab berilgani aytib o‘tildi.
Jumladan, Prezidentimiz tomonidan 2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani, bunda asosiy e’tibor islohotlarni bevosita mahalla darajasiga tushirish, “ettilik” tizimining samaradorligini oshirish va aholi muammolarini joyida hal etishga qaratilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” yili sifatida belgilangani, bu yo‘nalishda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish vazifasi qo‘yilgani aytildi.
Bundan tashqari, jamiyatda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish, bu masalani “butun jamiyatga tegishli masala” deb hisoblash va aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Tadbirlar davomida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Axborot xizmati