"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida tinchlik va xotirjamlik eng qimmat boylikka aylanayotganini bir daqiqa ham unutmaslik lozimligi, bu boylikni asrab-avaylash uchun esa har bir soha va tarmoq xavf-xatarlarga oldindan javob qaytarish bo‘yicha “proaktiv ish rejimi”ga o‘tishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Shuningdek, yig‘ilishda Oliy bosh qo‘mondon kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
Yig‘ilishda harbiy kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirishga ustuvor e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
Mazkur tadbirda belgilangan vazifalarni ijrosi ijrosini ta’minlash yuzasidan OKMK rahbariyati Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qismga tashrif buyurishdi.
OKMK rahbariyati tashrif davomida joriy yilda kombinat homiyligida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan o‘quv binosining xizmat xonalarini ko‘zdan kechirishdi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida kombinat rahbariyati harbiy xizmatchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yana-da yaxshilash, bugungi kun talablariga mos barcha infratuzilmani yaratish bo‘yicha aniq, manzilli rejalarni belgilab olishdi.
Shu kuni harbiy qismga zamonaviy OKMK tomonidan JAC rusumli avtomobil ham tuhfa etildi.
Eslatib o‘tamiz, Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi ushbu harbiy qism Olmaliq shahrida joylashgan bo‘lib, Mis kompleksini qo‘riqlaydi. 2025-yil yanvar oyida ushbu harbiy qism hududida OKMK homiyligida barpo etilgan zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan. OKMK rahbariyati tomonidan harbiy qismga qaratilayotgan doimiy e’tibor kombinat va harbiy qism o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikning amaliy namunasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Axborot xizmati