• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mustaqilligimizning 31 yilligi OKMKda keng nishonlanadi

15 Avgust 2022, 12:46 2978

2022 yil 11 avgust kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga kombinatda munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi, chora-tadbirlar rejasi, tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlarini o‘tkazish jadvali tasdiqlandi.

Shuningdek, buyruqqa ko‘ra, bayram dasturxonini tashkillashtirish uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan maxsus ixtisoslashtiirilgan muassasalar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga tarkibiy bo‘linmalar hududlarini 2022 yil 20 avgustga qadar “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini nishonlashga bag‘ishlangan plakatlar, shiorlar va bannerlar bilan bezatish va tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini kombinatda munosib tarzda nishonlashni tashkil etish va bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan tarkibiy bo‘linmalarda ishchi-xodimlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida she'rlar, rasmlar chizish, “Jamoaviy bayram tabrigi (fleshmob usulida) kabi tanlovlar, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida bilimdonlar intellektual tanlovi tashkil etilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, Tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish, tarkibiy bo‘linmalar hududlari va biriktirilgan ko‘chalarni obodonlashtirish hamda xayriya hasharini o‘tkazish ham chora-tadbirlar rejasidan o‘rin olgan.

An'anaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi hamda mehnat fronti qatnashchilariga oziq-ovqat to‘plamlari topshirilishi ham rejalashtirilgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joylarida hasharlar tashkil etilishi vazifasi ham chora-tadbirlar rejasida belgilangan.

Buyruq asosida kombinat biriktirilgan kombinat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Angren shahdagi 34-sonli yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar maktab-internatida, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi “Mehribonlik uy”ida, Olmaliq shahar 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida, shahrimizdagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatida, Bo‘ka tumani “Mehribonlik uyi”da, Ohangaron tumanidagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida, Piskent shahridagi maxsus maktab-internatida bayram dasturxoni yozilib, tadbirlar tashkillashtiriladi.

Qutlug‘ sana munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari uchun bayram tadbiri ham o‘tkaziladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech