• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muvaffaqiyat marralari

28 Oktyabr 2022, 9:52 1002

...Yirik konveyrlar, o‘tkir tishli maydalagichlar, mudom aylanib turadigan tegirmonlar bu yerdagi ish jabhasining uzluksiz davom etishidan darak berib turibdi. Hozirgi kunga kelib yiliga 4,7 million tonna ruda va toshqol xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan "Olmaliq KMK" AJ 2-Mis boyitish fabrikasidagi ish manzarasi mana shunday namoyon bo‘ladi.

Ishga tushirilganiga 70 yil bo‘layotgan fabrikada 1998-yilgacha Qo‘rg‘oshin, Oltin topgan, Uch-quloch konlaridagi qo‘rg‘oshin-rux rudalari qayta ishlangan.

1998-yildan buyon zavod Sariq-cho‘qqi koni mis-molibden rudasini qayta ishlashga o‘tkazilgan edi. Sariq-cho‘qqi rudalaridan tashqari kombinatning mis eritish ishlab chiqarishidan kelib chiqqan chiqindi shlaklarni ham qayta ishlab kelmoqda.

Rudani qayta ishlash jarayonida olingan kollektiv mis-molibden konsentrati seleksiya uchun misni qayta ishlash zavodiga, mis konsentrati esa mis konsentrati va molibden oraliqlarini olish uchun Mis eritish zavodiga yuboriladi.

Fabrika tarkibiga Maydalash, Yanchish va flotasiya sexi, Chiqindilarni to‘plash sexlari kiradi. Uning texnologik sxemasi uch bosqichli maydalash va ikki bosqichli yanchishni amalga oshirgan holda jamoaviy mis va molibden konsentratlari olinishini nazarda tutadi.

Bu yerda 2022-yil ishlab chiqarish istiqbollariga ko‘ra, 4,7 tonna xom ashyo, shu jumladan 4 mln. tonna ruda, 700 ming tonna tashlanma va konvertor toshqollarini qayta ishlab, konsentrat holatida Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodiga yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yil yanvar oyidan boshlab bugungi kun sarhisobiga ko‘ra, korxonaning asosiy ishlab chiqarish natijalari yuqori sur'atlarda namoyon bo‘lmoqda. Xususan, xom ashyoni qayta ishlash rejaga nisbatan 100,9%ga uddalangan bo‘lsa, xom ashyoni qabul qilish rejasi 100,7%ga bajarilgan.

Misning konsentratga chiqishi rejaga nisbatan 112,4%ga ado etilganligi korxonaning yangi marralar sari odimlayotganidan darak, albatta.

Bu muvaffaqiyatli marralar, ravnaq odimlari ortida shubhasiz, qo‘r to‘kib mehnat qilayotgan fidoyilarning nomlari munosib ravishda e'tirof etilaveradi. Jumladan, Yanchish va flotasiya bo‘limi tegirmon mashinistlari - H.Abdurahmonov, A.Xidirboyev, M.Qo‘ldoshev, Maydalash bo‘limi g‘alvirlovchisi I.Qodirov, maydalovchilar - M.G‘oziqulov, I.Isobekov, F.Ergashevlar hamda Chiqindilarni to‘plash bo‘limi ta'mirlovchi-chilangari - A.Sattorxonov, traktorchi - A.Abduvaliyev, elektrpayvandlovchi - A.Abduqahhorov kabi qahramonlarning ishdagi jonbozligi, o‘z kasbiga fidokorligi ibrat va namuna maktabidir.

 Dilafro‘z EGAMBERDIYEVA

Bo`lishmoq:
Text to speech