Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 15-fevral kuni “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan MTTU MISiS Olmaliq filialini tamomlagan 39 nafar “Konchilik ishi” yo'nalishi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi “Muvaffaqiyat sari parvoz hozirdan boshlanadi” shiori ostida o'tkazildi.
Tadbirda Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Ilya Matveyev, OKMK boshqaruvi raisining hodimlar va ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Sa'di Shermatov, MISISning Olmaliq filiali direktori Farhodbek Umarov hamda filialning biznes hamkorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda avvalida Universitet faoliyatiga bag'ishlangan videofilm namoyish etilib, MISiS rektorining talabalarga yo’llagan tabrigi o’qib eshitirildi.
Bitiruv kechasida mehmonlar tantanali ravishda bitiruvchilarga bakalavr diplomlarini topshirishdi. Ulardan 5 nafari oliygohni a’lo baholarga tamomlashdi.
Ma’lumki ushbu oliygoh mamlakatimiz Prezidentining 2018-yil 11-maydagi qarori asosida tashkil etilgan bo’lib, filial kon-metallurgiya, texnika va texnologiya sohasida mukammal bilimlarga ega bo'lgan mutaxassislar tayyorlaydigan ta’lim muassasasidir. Oliygoh va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o'rtasida ham hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan bo'lib, har yili filial kombinatga oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlab beradi.
Ma’lumot o’rnida bitiruvchilarning barchasi O‘zbekistondagi yetakchi kon-metallurgiya korxonalariga ishga joylashtirildi, bu esa MTTU MISiS Olmaliq filialining kadrlar tayyorlash bo'yicha yuqori darajasini tasdiqlaydi.
Tadbirda “Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tantanali marosim so’ngida xalqaro tanlovlar sovrindorlari bo‘lgan eng yaxshi bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: