• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Made in Uzbekistan" xalqaro sanoat kooperatsiyasi yarmarkasida 46,7 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

25 Mart 2022, 12:19 1173

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joriy yilning 16-17-mart kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida "Made in Uzbekistan" xalqaro sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati hamda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar ishtirok etdi. Jumladan, mazkur xalqaro yarmarkada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham qatnashdi.

Yarmarkada jami 685 ta tarmoq va hududiy korxonalar qatnashib, tadbir ishtirokchilariga energetika, elektrotexnika, metallurgiya, yengil sanoat va farmasevtika, shuningdek, qurilish materiallari sanoati uchun 2 mingdan ortiq turdagi ichki import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni taqdim qildi. Yarmarkada 196 nafar tadbirkorlik sub'yekti birinchi marta ishtirok etdi va o‘zlarining 1236 turdagi mahsulotini taqdim etdi.

OKMK tomonidan mazkur yarmarkada 400 turdan oshiq import mahsulotlari(kimyoviy mahsulotlar, portlatish jihozlari va vositalari, metalloprokat, ferroqotishmalar va boshqalar) hamda120 turdan ortiq ishlab chiqarilayotgan mahsulot(mis va rux mahsluotlari, sement, fosforit mahsulotlari, sulfat kislotasi, nodir metallar va qattiq qotishmalari buyumlar)lar namoyish etildi.

Yarmarkada kombinat faoliyati, mahalliylashtirish va kopperatsiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, import o‘rnini bosuvchi ko‘rsatgichlar, sanoat kooperatsiyasi hisobiga o‘zlashtirilayotgan mahsulotlar haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, 2026-yilgacha OKMK rivojlanish konsepsiyasi ham yarmarka ishtirokchilariga tanishtirib o‘tildi.

Sanoat yarmarkasida OKMK o‘z stendida ishtirok etib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim qilindi 2500 turdan ortiq import qilinadigan mahsulotlar katalogi Respublikada ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun tarqatildi.

Yarmarka doirasida mahalliylashtirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish bo’yicha barcha viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari bilan muhokamalar o’tkazildi.

Uchrashuvlar va muhokamalar yakuniga ko‘ra, Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari vakillari kombinat import mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qiziqish bildirib, hamkorlikka tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi.

Jumladan, Namanganning «INTER TEXNO-PROM» korxonasi bilan EKG ekskovatorlari uchun kovsh tishlarini, SP-328 rezina tagliklarini, relslar uchun qo‘yilmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Farg‘onaning «OIL FILTR TECHNOLOGY», «QUVASOY PLAST», «ShTURVAL»  korxonalari bilan yuk mashinalari uchun filtrlar tayyorlash, polietilen quvurlar, faol ko‘mir, seolit ishlab chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yarmarkada mahalliy ishlab chiqaruvchilar va kombinat o‘rtasida muzokaralar natijasida jami bo‘lib 46,7 mlrd so‘mlik 45ta shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, 41 mlrd so‘mga d.40 yanchuvchi zoldirlar xarid qilinadigan bo‘ldi.

Ishlab chiqaruvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, mahsulotlari xaridi uchun jami bo‘lib 15,8 mlrd so‘mlik 6ta memorandum ham imzolandi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, OKMK tomonidan joriy yilning yanvar oyida shu paytgacha ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun kooperatsion portal orqali 107,6 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech