"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Mis boyitish fabrikasi kran mashinistlari o‘rtasida “Eng yaxshi kran mashinisti” kasb-mahorat tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda MBFning barcha asosiy sexlaridan ja'mi 10 nafar 2- va 3- razryadli yosh kran mashinistlari ishtirok etishdi.
Tanlov 2 bosqida, nazariy va amaliy bosqichlarda bo‘lib o‘tdi. Birinchi nazariy bosqichda ishtirokchilarning o‘z kasblari va mehnat muxofazasiga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovning amaliy bosqichida nazariy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarning ish joylarida kranda ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunida umumiy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni 1-son Maydalash sexi kran mashinisti Madina Nishonboyeva egalladi.
2-o‘rin 2-son Maydalash va boyitish majmuasi kran mashinisti Sardor Abdumalikovga nasib etdi.
Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 2-son Maydalash va boyitish majmuasi kran mashinisti Ziyoda Asrayeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar Mustaqillik kuni bayrami arafasida diplom va Kasaba uyushmasining pul mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlanishadi.
Ulug‘bek Alimov,
MBF kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi