Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Superliganing, 22-turida OKMK mehmonda Navoiyning «Qizilqum» jamoasi bilan kuch sinashdi.
Yomg’irli ob-havoda o’tgan qiyin bahsda jamoamiz iroda namoyish etgan holda g’alabani qo’lga kiritdi.
Uchrashuv shiddatli kurashlarga boy o’tdi. O’yinning 29-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Qanotdan oshirilib berilgan uzatmani Islom Kenjaboyev darvozamizga kiritdi — 1:0.
Ikkinchi bo’limda tezda vaziyatni o’nglashga harakat qilgan jamoamiz 49-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini tepishga muvaffaq bo’ldi. Hujum vaqtida Ruben Sanchesga nisbatan qo’pol harakat qilgan Javohir Ilyosov ogohlantirildi. Ruben Sanches penaltini bexato amalga oshirib hisobni tenglashtirdi — 1:1.
79-daqiqada jamoamiz raqib darvozasiga navbatdagi golni kiritdi. Martin Boakyening jarima maydonchasi tomon oshirgan uzatmasi himoyachilar orqali Muhammadanas Hasanovga kelib tushdi va Hasanov to’pni darvozaga joyladi — 1:2!
Shu tariqa, hisob o’yin yakuniga qadar boshqa o’zgarmadi va jamoamiz navbatdagi 3 ochkoni qo’lga kiritdi.
Superliga, 22-tur.
«Qizilqum» — OKMK 1:2
Gollar: Sanches (49-pen), Hasanov (70) — Kenjaboyev (29)
Navoiy. «Yoshlar sport majmuasi» stadioni.
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Olim Abduvasilov, Shohrux A’zamov, Dauletbay Amanbayev
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Sherzod Rajabov
OKMK (4-2-1-3) 25.Valijon Rahimov — 3.Sardor Rahmonov, 20.Islom To’xtaxo’jayev (Vitaliy Denisov, 19), 5.Anzur Ismoilov (C), 2.Akramjon Komilov — 15.Oybek Rustamov, 17.Sanjar Tursunov (C) — 9.Ruben Sanches — 19.Muhammadanas Hasanov, 27.Martin Boakye (Mirjahon Mirahmadov, 86), 10.Xurshid G’iyosov
Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov — 4.Mirjamol Qosimov, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 24.Murat Ermatov, 29.Vitaliy Denisov, 34.Ulug’bek Sunnatov, 38.Sirojiddin Bashriddinov, 88.Siavash Xaqnazariy.
Ogohlantirishlar: Ilyosov (49), Usmonov (82), M.G’iyosov (90+8) — X.G’iyosov (55), Ismoilov (88)
O`yindan so`ng OKMK jamoasi bosh murabbiysi Mirjalol Qosimov o`z fikrlarinin bildirib o`tdi.
"Teng kurashlarga boy bo’lgan qiyin o’yin o’tkazdik. Bugun omad bizga kulib boqdi, negaki, o’zimiz istagan o’yinni namoyish eta olmadik. Birinchi bo’lim kurashlar ostida o’tdi. Qolaversa, taymni boy berdik. SHunga qaramasdan, ikkinchi bo’limda yigitlar o’zida kuch topa olishdi. Natijada ikkita gol urdik. Jamoada o’ziga yarasha muammolar mavjud. SHamollagan futbolchilarimiz bor, bu ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Lekin bu ham sinov, buni ham bartaraf etamiz. Bizni qo’llab-quvvatlash uchun Olmaliqdan kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. "Qizilqum"ga omad tilayman", — dedi Mirjalol Qosimov.
OKMK FK matbuot xizmati