• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi”

08 May 2025, 13:5 635

Prezidentimizning qaroriga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni bu yil “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida nishonlanmoqda.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, Olmaliq shahar hokimligi mas'ullari, shahar korxona-tashkilotlari vakillari, harbiylar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, nuroniylar shahrimizdagi “Motamsaro ona” yodgorligi oldida jam bo‘lishdi.

Tadbir ishtirokchilari mahzun musiqa sadolari ostida majmua poyiga gullar qo‘yib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Ma'lumot uchun Ikkinchi jahon urushiga o‘zbekistonliklarning 2 millionga yaqini safarbar etilib, shundan 538 ming nafardan ortig‘i jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘lgan, 158 ming nafardan ortig‘i bedarak yo‘qolgan, mustaqillik yillarida 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini fido qilganlar.

Davlatimiz rahbarining farmoniga ko‘ra, 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdorida, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m miqdorida, 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida Bir martalik pul mukofoti berilishi belgilandi.

Xotira muqaddas, bu kun har birimiz bugungi farovon hayotimiz, boshimiz uzra musaffo osmon uchun jon bergan ajdodlarimiz xotirasi oldida ta'zimdamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech