"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, "Ochiqlik indeksi-2024" eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan holda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 91,8 ball bilan Respublikada 1-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, OKMK bu yil yana bir bor aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasida ham 1-oʻrinni oldi.
Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Ochiqlik indeksi-2023”da Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatlari o'rtasida maksimum 88,7 balldan 86,8 ball olib, 1-oʻrinni egallagan edi.
Shuningdek, Respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida esa OKMK 2-oʻringa loyiq koʻrilgandi.
OKMK Axborot xizmati