"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Internet nashrlarida onlayn qimor o‘yinlari qurboniga aylangan, buning ortidan og‘ir vaziyatga tushib qolgan insonlar qismati haqida ko‘plab xabarlarga ko‘zimiz tushadi. Yosh yigitning katta miqdorda kredit olib, ushbu mablag‘ni qimorga boy bergani hamda buning oqibatida oilada kelib chiqqan ko‘ngilsizliklar haqidagi xabarlar barchamizni yanada ogoh bo‘lishga chorlaydi.
Mutaxassislarning bildirishicha, onlayn qimor o‘yinlari insonda kuchli qaramlikni vujudga keltirmoqda. Buning oqibatida fuqarolar nafaqat katta miqdordagi shaxsiy pul mablag‘larini sarflab yubormoqda, balki firgarlik, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish kabi og‘ir jinoyatlarga qo‘l urmoqda va hatto o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetmoqda. Bunday ayanchli holatlar har birimizdan hushyorlikni talab etadi.
Kuni kecha Qalmoqqir kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan navbatdagi profilaktik tadbirda ham aynan onlayn qimorning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Olmaliq shahridagi vakili — shahar hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Pardayev, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB tezkor vakili Asilbek Toshpo‘latov, OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi kengashining ijtimoiy-maishiy va psixoanalitik masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Viloyat Davletova hamda Milliy bank Olmaliq shahar bo‘limi “Zarhal” ofisi mudirasi Nigora Atayeva ishtirok etdi.
Mas’ullar bugungi kunda yoshlar o‘rtasida ommalashib borayotgan onlayn qimorning salbiy oqibatlari haqida hayotiy misollar orqali batafsil ma’lumot berishdi. Tezroq boyib ketish va bir zumda katta pulga ega bo‘lish kabi xomxayollar bilan onlayn qimor balosiga giriftor bo‘lganlar uchrayotgani ta’kidlandi. Buning oqibatida bor-budidan ayrilib, oilasini qiyin vaziyatga solib qo‘yayotganlar, hatto o‘z joniga qasd qilayotganlar borligi barchani yana-da hushyorlikka chorlashi lozimligi qayd etildi. Shuningdek, tadbirda mas’ullar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumot berishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ayniqsa, raqamli firibgarlik tuzoqlari va ulardan himoyalanish usullari bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil javob hamda zarur tavsiyalarni olishdi.
Bu kabi ochiq muloqotlar xodimlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Xurshid Abdullayev,
Qalmoqqir KB Yoshlar ittifoqi raisi