• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: 1-chorak yakunlari salmoqli

04 Aprel 2023, 8:57 1832

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida barcha rejaviy vazifalar bajarilishiga erishildi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 102,3%ga bajarildi. Reja bo‘yicha 6 828 365 414 000 so‘mlik tovar mahsulotlari tayyorlanishi belgilangan edi, amalda esa 6 985 940 327 000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, 1 580 092 000 so‘mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1 684 433 000 so‘mlik mahsulot tayyorlangan holda reja 106,6%ga bajarilgan. O‘sish sur'ati esa 126,2%ni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, mart oyida mis rudasini qazib olish rejasi 104,5%ga, mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi 102,7%ga, mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 100,8%ga, o‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish rejasi 100,9%ga bajarilgan.

1-chorak yakunlari bo‘yicha o‘z xom ashyomizdan rux metalini olish 102,4%ga uddalangan. Polimetall rudalar qazib olish, uni qayta ishlash, oltin tarkibli rudalarni qazib olish va uni qayta ishlash bo‘yicha ham rejaviy vazifalarning bajarilishi oshig‘i bilan ta'minlangan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech