Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2023 yilning yanvar-fevral holati boʻyicha mahsulotlar eksporti rejasi bajarilishi ta’minlandi.
Jumladan, oʻtgan 2 oyda eksport rejasi 100%ga bajarilib, 101 333 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.
Mahsulotlar kesimida oladigan boʻlsak 6889 tonna mis mahsulotlari, 5235 tona rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan.
Bundan tashqari, reniy, molibden mahsulotlari eksportida ham belgilangan rejalar bajarilgan.
Ma’lumot oʻrnida aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afgʻoniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, yangi bozorlar ham oʻzlashtirilmoqda. Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham kombinat mahsulotlari yuborilgan.
Axborot xizmati