Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 2 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlandi.
Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 111,3%ga bajarildi.
Konsentratda mis bo‘yicha prognoz 150,9%ga bajarilgan holda o‘sish sur'ati +100%ga yetkazilgan.
Ushbu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasi(104,9%), 2-Mis boyitish fabrikasi(113,5%) mehnat jamoalari o‘zlariga yuklatilgan vazifani oshig‘i bilan bajarishdi.
E'tiborli jihati mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha 2 oyda va fevral oyida hamda o‘sish sur'atida ham bir xil ko‘rsatkich - 102,4%lik natija qayd etilgan.
O‘zimizning xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 124,2%ga bajarilgan.
O‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish bo‘yicha 104,1%lik natija qayd etilgan.
Xonjiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall ruda qazib olish(100%), uni qayta ishlash(100,1%) rux konsentratida rux(100,4%) kabi vazifalarning bajarilishi ta'minlandi.
Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi va Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari ham oltin tarkibli ma'dan qazib olish, uni qayta ishlash, konsentratda 1- va 2-metall kabi vazifalarni oshig‘i bilan ado etishganini alohida ta'kidlash joiz.
Shuningdek, mis kuporosi, emallanga mis simlar, texnik tellur va selen, perrenat ammoniy hamda palladiy kukuni kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha rejalar ham bajarilgan.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: