• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: 2022-yil yanvar oyi natijalari

02 Fevral 2022, 14:33 1482

2022-yilning yanvar oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasi tomonidan yuqori mehnat samaradorligi qayd etildi.

Ishlab chiqarish va sarf-xarajatlar monitoringi boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 111,5%ga bajarilgan.

Jumladan, Qalmoqqir konidan ruda qazib olish rejasi 102,5%ga bajarlib, o‘sish sur'ati 107%ga yetkazilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlashda o‘sish sur'ati 97,5% bo‘lgan. Konsentratda mis rejasida ham 91,4%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Mis katodi ishlab chiqarishda reja bajarilishida va o‘sish sur'atida 100%lik natija qayd etilgan.

O‘z xom ashyomizdan rux metali ishlab chiqarishda esa reja  100%ga bajarilgan.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda ham 111,1%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Xondiza kon boshqarmasida polimetall ruda qazib olish rejasi 100%ga, uni qayta ishlash rejasi 101,4%ga uddalangan. Rux konsentratida rux rejasi esa 108%ga bajarilgan.

Angren kon boshqarmasida oltin tarkibli ruda qazib olish vazifasi 106,8%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 104,5%ga ta'minlangan. Rudani qayta ishlash rejasi 101,3%ga uddalangan. Konsentratda oltin rejasi – 100,2%, kumush rejasi esa 120,1%ga bajarilgan.

Chodak kon boshqarmasi rejaviy vazifalarni bajarishda quyidagi natijalarga erishgan:

  • Oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi – 100,1%;
  • Rudani qayta ishlash rejasi – 105,9%;
  • Konsentratda oltin rejasi – 100,4%;
  • Konsentratda kumush rejasi – 140,6%.

Kovuldi konida esa rejaviy vazifalar quyidagicha ko‘rinishda bajarilgan:

  • Oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi – 100,1%;
  • Rudani qayta ishlash rejasi – 100,2%;
  • Konsentratda oltin rejasi – 106,8%;
  • Konsentratda kumush rejasi – 104,7%.

Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen, texnik tellur ishlab chiqarish rejasi ham 100%ga ado etilgan.

Perranat ammoniy ishlab chiqarishda 168,2%lik natija qayd etilib, o‘sish sur'ati 125,9% bo‘lgan. Molibden 3 oksidi ishlab chiqarish rejasi esa 101,3%ga uddalangan.

Mis quvurlari ishlab chiqarish vazifasi 116,2%ga bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech