• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: 2023-yil yanvar-avgust holatiga yuqori ishlab chiqarish natijalari qayd etildi

06 Sentyabr 2023, 10:37 1218

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilning 8 oyi davomida barcha ishlab chiqarish rejalari bajarildi.

OKMK Ishlab chiqarish va xarajatlar monitoringi boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish vazifasi 102,3%ga ado etildi.

Qalmoqqir kon boshqarmasi tomonidan ruda qazib olish rejasi 101,1%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +104,3%ni tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi esa 100,4%ga uddalangan holda +105%lik o‘sish sur'atiga erishilgan. Bu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasi (100%) va 2-Mis boyitish fabrikasi (103,7%) mehnat jamoalari o‘zlariga yuklatilgan vazifani bajarishgan.

Konsentratda mis metalli rejasining bajarilishi bo‘yicha 106,6%lik natija qayd etilib, o‘sish sur'ati 106,5%ni tashkil etgan. Shu yo‘nalishda MBF (103,5%) va 2-MBF (129,5%) mehnat jamoalari rejalarni oshig‘i bilan bajarishganini alohida ta'kidlash joiz.

Mis katodi, rux metalli hamda sul'fat kislotasi ishlab chiqarish bo‘yicha ham o‘sish sur'atiga erishilgan.

O‘z xom ashyomizdan rux metalli ishlab chiqarish vazifasi 101,8%ga bajarilgan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham 8 oyda yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini qayd etishdi. Jumladan, polimetall ruda qazib olish (104,5%) va uni qayta ishlash (103,6%), rux konsentratida rux metalli (101,4%) rejalari oshig‘i bilan bajarildi.

Angrenlik konchilar ham 2023-yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra, oltin tarkibli rudani qazib olish (102,8%), uni qayta ishlash (103,5%), konsentratda birinchi metall (102,7%), ikkinchi metall (133,7%) rejalarini yorug‘ yuz bilan bajarishdi.

Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham yuqori mehnat marralarini zabt etishdi. Xususan, ular oltin tarkibli rudani qazib olish (101,1%), uni qayta ishlash (100,5%), konsentratda birinchi metall (100,4%), ikkinchi metall (173,2%) vazifalarini oshig‘i bilan ado etishdi.

Kovuldi koni mehnat jamoasi tomonidan ham oltin tarkibli rudani qazib olish (104,7%), uni qayta ishlash (106,6%), konsentratda birinchi metall (110,9%), ikkinchi metall (111,3%) rejalari bajarildi.

Bundan tashqari, o‘tgan 8 oyda mis kuporosi (100%), emallangan mis simlar (100%), texnik selen va texnik tellur (100%), perranat ammoniy (101,8%), palladiy kukuni (101,6%), molibden 3 oksidi (110,1%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham rejalar bajarilganini alohida qayd etish lozim.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech