Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 5 oylik ishlab chiqarish natijalari

17 Iyun 2025, 10:23 1072

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 5 oyida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi 115,5%ga bajarildi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozida 101,4%lik oʻsish sur’ati qayd etildi. Ushbu yoʻnalishda Mis boyitish fabrikasi (101,6%) va 2-Mis boyitish fabrikasi (100,1%) kabi mehnat jamoalari ham oʻsish sur’atiga erishishdi.

Bundan tashqari, konsentratda mis metalli boʻyicha prognoz 105,5%ga bajarilib, oʻsish sur’ati +100,2%ni tashkil etdi. Ushbu yoʻnalishda ham  Mis boyitish fabrikalari va 2-Mis boyitish fabrikalari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oshigʻi bilan bajarishdi.

Kombinatning asosiy mahsuloti boʻlgan mis katodi ishlab chiqarish prognozi ham 100,7%ga bajarildi.

Oʻz xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 118%ga, rux ishlab chiqarish esa 105,5%ga bajarilishiga erishildi.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi tomonidan polimetall ma’danlarni qazib olish(100,0%) va ularni qayta ishlash(100,4%), rux kontsentratida rux(101,0%) kabi vazifalarning bajarilishi ta’minlandi.

Shuningdek,  Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi va Kovuldi koni mehnat jamoalari oltin tarkibli maʻdanlarni qazib olish va ularni qayta ishlash, konsentratda 1-va 2-metall kabi vazifalarni ham oshigʻi bilan bajarishdi.

Mis kuporosi(100%), selen(100%), tellur(100%), perrenat ammoniy(100,6%), palladiy kukuni(102,8%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish vazifalari ham bajarilishi ta’minlandi.

“Olmaliq KMK” AJ Byudjetlashtirish

va xarajatlarni nazorat qilish departamenti

Bo`lishmoq:
Text to speech