• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK 3-Mis boyitish fabrikasi: qurilish jadal sur'atlarda

18 Sentyabr 2023, 8:30 2317

“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Yiliga 60 mln tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish qiymati 2 mlrd dollar etib belgilangan.

Qurilish ishlarini “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayapti.

Loyihalashtirish ishlarini esa Italiyaning “Wood” kompaniyasi bajarmoqda.

Bugungi kunda yirik ruda omborida beton ishlari 100%ga yakunlangan. Shamol qaytaruvchi metall qurilmalari montaj ishlari ham 100%ga bajarilgan. Ushbu ombor tagida joylashgan Germaniyaning AUMUND kompaniyasida ishlab chiqarilgan 16 dona ruda ta'minlagichlarining o‘rnatish ishlari yakunlangan.

O‘rta maydalash korpusida beton ishlari 80%ga yakunlangan. Rossiyaning “UZTM KARTEKS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan konusli o‘rta maydalagichlaridan jami 8 donasining montaj ishlari yakunlangan.

Quruq g‘alvirlash korpusida beton ishlari bugungi kunga kelib 70%ga bajarilgan.

Mayda maydalash korpusida beton ishlari 85%ga yakunlangan. Germaniyada FLSmidth kompaniyasida ishlab chiqarilgan Presli mayda maydalagichlarining ikki donasining montaj qilish ishlari yakunlanish arafasida va 3-maydalagichning montaj ishlari paralel ravishda olib borilmoqda.

Suvli g‘alvirlash korpusida beton ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga ishlar 30%ga yakunlangan.

Yanchish korpusida 12ta tegirmonlar poydevorlari beton ishlari yakunlangan. “UZTM KARTEKS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan jami 2 ta sharli tegirmonlarning montaj ishlari yakunlanlangan va 3-tegirmonni montaj ishlari olib borilmoqda.

Flotasiyalash sexining beton ishlari 70%ga bajarilgan va Finlyandiyaning “METSO OUTOTEC” kompaniyasi tomonidan flotatsiyalash bo‘limi uchun hajmi 300 metr kubni tashkil etuvchi flotatsiyalash qurilmalari jami 6 ta bo‘limdan 2 tasining montaj ishlari yakunlanish arafasida.

“METSO OUTOTEC” kompaniyasida ishlab chiqarilgan quyultirgichlarning 6tasi poydevorlari beton ishlari yakunlangan. Bugungi kunda 2 ta quyultirgichlarning montaj ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, umumiy fabrika xo‘jaligi bo‘yicha qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech