• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK 3-mis boyitish fabrikasi: Sexda suv tejash texnologiyasi qo‘llaniladi

24 Yanvar 2024, 8:24 1204

Ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-mis boyitish fabrikasining qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Fabrikaning Texnologik suv ta'minoti va oqava  sexida ham qurilish ishlari yuqori sur'atlarda davom etayapti. Sex boshlig‘i Sayfiddin Qurbonovning ma'lum qilishicha, sex 4 ta uchastkadan iborat. Bular Texnologik suv ta'minoti va oqava uchastkasi, Issiqlik ta'minoti uchastkasi, Gaz xo‘jaligi uchastkasi hamda  Aspiratsion shamollatish tizimi uchastkasi.

Gaz xo‘jaligi uchastkasi – suv isitish qozonlarini gaz bilan ta'minlaydi. Uchastkada loyihalash ishlari tugatilib,  gaz quvurlar tortish ishlari boshlangan. Gaz quvurlarini tortish ishlari Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar ushbu uchastkada montaj ishlari 30%ga bajarilgan. 

Aspiratsion shamollatish uchastkasi esa loyiha bo‘yicha fabrika ishga tushirilganidan keyin barcha aspiratsiya shamollatish tizimlarini joriy ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi.  Maydalash sexiga  30% zarur bo‘lgan uskuna va jihozlar keltirilgan. Hozirda qurilish-montaj ishlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Texnologik jarayonlar suv bilan bog‘liqligini hisobga olsak ushbu sex rudalarni qayta ishlab, boyitishda muhim sanaladi. Fabrikaga suv Sanoat suv ta'minoti sexidan olinadi. Dastlab, suv fabrika hududidagi nasos stansiyalariga keladi. Fabrika hududiga keltirilgan suv nasos stansiyasiga tushib, yirik maydalangan ruda ombori(SKDR) yonidagi rezervuarga nasoslar yordamida uzatib beriladi. U yerdan esa fabrikaning barcha sex va bo‘linmalariga o‘zi oqar tarzida yetkaziladi. Ahamiyatlisi, ushbu jarayonda umuman elektr energiyasi sarfi talab qilinmaydi. Bu yuqori rentabellikka olib keladi. Hozirgi kunda loyiha bo‘yicha 4 ta 25 000 kub metrli rezervuarning 1tasi 90%ga qurib bitkazildi. Qurilayotgan rezervuarning diametri 40 metr, balandligi 21 metrni tashkil etadi. Ayni damda ushbu rezervuarga sinov tariqasida suv to‘ldirish jarayoni davom etmoqda. Qolgan 3 ta rezervuarda esa qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari 3 smenada tashkil etilib, 500 nafar ishchilar jalb etilgan. Kerakli materiallar bilan to‘liq ta'minlangan.

Yana bir muhim jihati sex tomonidan fabrika sex va bo‘linmalari ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning yuvinishlari uchun esa issiq suv bilan ham ta'minlash vazifasini bajaradi. Sexda suvni tejash texnologiyasi qo‘llaniladi. Buning uchun loyiha bo‘yicha fabrikaning o‘zida oqava suvlarni qayta ishlab, yana foydalanish topshiradigan inshoot quriladi.

Issiq suv bilan ta'minlash uchun boshqa tarkibiy bo‘linmalar kabi Issiqlik elektr markazidan issiq suv olinmaydi. Uchastka binosini qurish ishlari ham boshlab yuborilgan.

Hozirga kunda sex mehnat jamoasi 50% shakllantirilgan. Ishga olingan ishchi-xodimlari malaka oshirishlari uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalariga komandirovkaga yuborilgan.

Ma'lumot o‘rnida: Hozirda mazkur ob'yekt qurilishida 23 ming quruvchi va 500 dan ortiq maxsus texnika ishlamoqda. “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, davlat byudjetiga yiliga qo‘shimcha 300 mln dollardan soliq tushumlari ta'minlanadi. Eksport 500 mln dollarga ortadi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech