• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK atletlari - Osiyo chempionlari

08 May 2023, 8:51 734

Joriy yilning 1-6 may kunlari Hindiston davlatining Alleppi shahrida sportning pauerlifting turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

E'tiborlisi, ushbu nufuzli chempionatda mamlakatimiz terma jamoasi safida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sportchilari ham ishtirok etib, salmoqli natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi murabbiysi Aleksandr Romanenko shogidlaridan Konstantin Xardin 93 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Yana bir vakilimiz Kemran Shirinov ham 74 kg vazn toifasida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Kemran ham o‘z hisobiga Osiyo chempionligini yozib qo‘ydi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 84 kg vazn toifasida ishtirok etgan Yelena Xardina ham Osiyo chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Yana bir muhim jihat ushbu sportchilar ko‘p yillardan buyon pauerlifting bilan shug‘ullanib kelish barobarida Mis eritish zavodida ham mehnat qilishadi. Ularning hisobida ko‘plab xalqaro yutuqlar borligini ham alohida ta'kidlash joiz.

Shuningdek, hamshahrimiz, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Metin G‘afurov ham yoshlar o‘rtasida 105 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelgan holda Osiyo chempioni bo‘ldi.

Osiyo chempionlari bugun poytaxtimizdagi aeroportda tantanali ravishda kutib olindi.

Kombinat atletlari endilikda O‘zbekiston kubogi hamda Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Kombinat mehnat jamoasi nomidan sportchilarimizni ushbu g‘alabalari bilan tabriklab qolamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech